Boş prokuratura 18 aprel kuni internetda «Qodirov işi» doirasida hibsga olingan mansabdor şaxslar tergov davomida qiynoqlarga solingani haqida tarqalgan maqolaga munosabat bildirdi.
«Maqolada xuddiki ayblanuvçilar U.Sunnatov va U.Xurramovga nisbatan jismoniy va psixologik zöravonlik va qöpol munosabatda bölingani qayd etilgan.
Avval xabar qilinganidek, Boş prokuratura tomonidan R.Qodirov va boşqalarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov olib borilgan hamda 13 nafar şaxsga mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş, pora oliş, şuningdek, boşqa mansabdorlik va iqtisodiy jinoyatlarni sodir etiş böyiça ayb e'lon qilingan.
Dastlabki tergov Jinoyat-protsessual kodeksining qoidalariga qat'iy amal qilgan holda olib borilgan, ayblanuvçilarga va ularning yaqin qarindoşlariga nisbatan heç qanday qiynoqlar yoki boşqa noqonuniy xatti-harakatlarga yöl qöyilmagan», deyiladi munosabatda.
Ta'kidlanişiça, ayblanuvçilar Sunnatov va Xurramov öziga qöyilgan ayblovlarni faqat qisman tan olgan.
«Bu esa ularga ayblov böyiça öz fikrini erkin ifoda etiş imkoniyati berilgani va ularga nisbatan jismoniy tazyiq ötkazilganlik fakti mavjud emasligidan dalolatdir», deya qöşimça qilinadi Boş prokuratura bayonotida.
Qonunçilikka binoan, ayblanuvçi va sudlanuvçilar ularga nisbatan e'lon qilingan ayblov böyiça har qanday pozitsiyani egallaş huquqiga ega. Öz navbatida Boş prokuratura U.Sunnatov va U.Xurramovning tergov davomida ularga nisbatan qiynoqlar qöllangani töğrisidagi vajlariga javoban aniq pozitsiyasini bildirib, yuqoridagi körsatmalar haqiqatga mos kelmasligini qat'iy ta'kidlamoqda.










