Mustafoyevdan Yöldoşevgaça. Özbekistonning olti boş prokurori haqida
|00:10 / 10.01.202299 24819 min
8 yanvar kuni Özbekiston prokuraturasi taşkil etilganiga 30 yil töldi. Ötgan vaqt davomida özbekistonliklar 6 nafar boş prokuror faoliyatiga guvoh bölişdi. Bugungi kunda uşbu lavozimni egallab turgan Niğmatilla Yöldoşevgaça işlagan beş nafar boş prokurorning faqat ikkisi nomiga doğ tuşirmay kursisini tark eta olgan, xolos. Bular: Böritoş Mustafoyev (1992—1998) hamda Usmon Xudoyqulov (1998—2000).
Ulardan keyingi 3 nafar boş prokuror faoliyati davomida sodir etgan jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilgan. Jumladan, Raşid Qodirov (2000—2015) va Ixtiyor Abdullayev (2015—2018 yillarda Boş prokuror, 2018—2019 yillarda Davlat xavfsizlik xizmati raisi. U DXX rahbarligidan ketgaç qölga olingandi) hozir ham qamoqda jazo muddatini ötayotgan bölsa, Otabek Murodov (2018—2019) sud tomonidan uy qamoğiga hukm qilingan.
Özbekiston prokuraturasi tarixi, mamlakat hali rasman mustaqil bölmay turib, prokuratura organlari qay tarzda SSSR boş prokuraturasiga tobelikdan qutulgani haqida hikoya qilişga qaror qildik. Şuningdek, körsatuv davomida Özbekiston boş prokurorlarining siyosiy portretlarini ham gavdalantirişga harakat qilamiz. Zero, bu ma’lumotlarni har bir özbekistonlik bilişi, prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan şaxslar esa avvalgilarning xatolaridan tegişli xulosa çiqarişi lozim deb hisoblaymiz.
Özbekistonda prezidentlik lavozimi mamlakat hali sovetlar ittifoqi tarkibida bölgan 90-yillardayoq joriy etilgandi. Öşa kezlarda respublika prokuratura organlarini sovet ittifoqi ta’siridan qutqariş uçun amaliy harakatlar boşlanadi.
Mahkama tarixi
1990 yilning 1 noyabr kuni qabul qilingan qonun bilan ÖzSSR Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, Özbekiston Boş prokurori faqat mamlakat parlamenti va prezident oldida hisobdor hamda javobgar ekani belgilab qöyiladi. Şuningdek, Boş prokuror hamda uning örinbosarlari ilgarigiday SSSR Boş prokurori tomonidan emas, balki Özbekiston prezidenti taqdimnomasiga binoan mamlakat parlamenti tomonidan tayinlanişi joriy etiladi. ÖzSSR Oliy Soveti qarori bilan 1990 yilning 1 noyabr kuni Böritoş Mustafoyev ÖzSSR prokurori etib
Ilgari viloyat, tuman va şahar prokurorlarini tayinlaş uçun ham SSSR prokuraturasi roziligi talab qilingan bölsa, qonunçilikka kiritilgan özgarişdan söng bu masalalar Özbekiston boş prokurori vakolatiga ötkaziladi. Nihoyat, Özbekistondagi prokuratura xodimlarining töliq mustaqilligi, bundan buyon SSSR prokuraturasiga böysunmasligi rasman e’lon qilinadi.
Böritoş Mustafoyev
Prokuratura tizimida uzoq yillar xizmat qilgan, uç boş prokuror davrida işlagan Kun.uz manbasi Böritoş Mustafoyevga örinbosar etib tayinlangan, bugungi kunda Boş prokuratura akademiyasida dars berayotgan Faxri Haydaroviç Rahimov tomonidan SSSR boş prokuroriga yuborilgan telegrammani öz közi bilan körganini aytadi. Uning hikoya qilişiça, telegrammada şunday deyilgan:
«Bugundan Özbekiston SSR prokuraturasi Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqidan mustaqil deb e’lon qilinadi».
Tabiiyki, Moskvadagi katta oğalarga bu işlar yoqmaydi. SSSR prokuraturasi rahbariyati özbekistonlik hamkasblariga nisbatan oçiqdan oçiq adovatli munosabatda bölişadi, barçasini kuç bilan yana avvalgi holatga qaytariş uçun zör berib harakat qilişadi.
1991 yilning avgustida qabul qilingan «Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari töğrisida»gi qonun hamda mazkur hujjat asosida qabul qilingan Özbekiston prezidentining «Özbekiston respublikasi prokuraturasi organlari töğrisida»gi farmoni mamlakatimiz prokuraturasining sovet ittifoqi boş prokuraturasiga tobelikdan xalos bölişini ta’minlaydi.
1992 yil 8 yanvardagi prezident farmoni bilan sobiq ittifoq qaramoğidagi Özbekiston SSR prokuraturasi Özbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantiriladi. Aynan ana şu sana, ya’ni 1992 yil 8 yanvar Özbekiston prokuraturasi taşkil etilgan kundir. Biroq uşbu sana faqat 2016 yilga kelibgina Özbekistonda rasman prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida belgilandi.
Dastlab şunçaki Özbekiston prokuraturasi deb yuritilgan idora 2001 yil 29 avgustda «Prokuratura töğrisida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilingaç, Özbekiston Boş prokuraturasiga aylantiriladi.
Özbekiston boş prokurori kursisida eng köp ötirgan şaxs Raşid Qodirovdir. U 15 yildan oşiqroq vaqt davomida uşbu lavozimda bölgan. Eng kam boş prokurorlik qilgan şaxs esa Usmon Xudoyqulov hisoblanadi. U 1 yilu 57 kun davomida mazkur vazifada faoliyat yuritgan. Qiziği, 1991 yildan 2015 yilgaça, ya’ni 24 yil davomida boş prokuror atigi uç marta almaşgan bölsa, 2015 yildan 2019 yilgaça – 4 yil içida 3 marta boş prokuror tayinlangan.
Böritoş Mustafoyev. Boş prokuratura hay’at yiğilişida, 1998 yil
Eng yoş boş prokuror
1949 yilda tuğilgan Böritoş Mustafoyev mustaqil Özbekiston tarixidagi ilk boş prokuror bölgani haqida sözimiz avvalida aytib ötdik. Mehnat faoliyatini Samarqand viloyat prokuraturasining bölim prokurori lavozimidan boşlagan Mustafoyev 1990 yilda Özbekiston Respublikasi prokurori, 1993 yilda esa Özbekiston Respublikasi Boş prokurori etib tayinlangan. Öşa paytda u 41 yoşda bölgan. U 1998 yili prezidentning Davlat maslahatçisi örinbosari etib tayinlanişi munosabati bilan mamlakat boş prokurori lavozimidan ozod etiladi.
Böritoş Mustafoyevni tizimdagilar haligaça hurmat bilan yodga olişadi. Zamondoşlarining fikriça, u odil va qattiqqöl rahbar, öz prinsiplariga ega şaxs bölgan. Özidan keyingi boş prokurorlardan farqli ölaroq, kibrga berilmagani, xodimlar bilan munosabatda kamtar bölgani, masofa saqlamagani aytiladi. Boş prokurorlik kursisidagi 8 yildan sal köproq faoliyati davomida oddiy xodimlar bilan birga idora oşxonasida tuşlik qilgani uning insoniylik qiyofasini yöqotmaganining belgisi sifatida eslanadi. Aytişlariça, u mansabdalik davrida qarindoş-uruğçilikdan tiyilgani bilan ham mamlakat rahbariyatining hurmatiga sazovor bölgan.
Böritoş Mustafoyev
Töğri, internetda Mustafoyev şaxsi bilan boğliq salbiy ma’lumotlar ham uçraydi. Jumladan, ayrimlar uning birinçi prezident Islom Karimovning qatağon maşinasi bölganini aytadi. Masalaning bu jihati bizga qoronği bölgani uçun asl haqiqatni yuzaga çiqarişni tarixçilar hukmiga havola etamiz. Hozirça fakt şuki, Böritoş Mustafoyev boş prokurorlikdan ketgaç, sudga tortilmagan ikki odamning biridir. U 2017 yil 12 aprel kuni 68 yoşida oğir xastalikdan vafot etgan.
Usmon Xudoyqulov
Eng sirli boş prokuror
Usmon Xudoyqulov Özbekiston tarixidagi eng sirli boş prokuror hisoblanadi. Bunday deyişga sabab uning şaxsiga oid ma’lumotlarni internetdagi oçiq manbalar tugul u boş prokuror bölgan vaqtdagi matbuot naşrlaridan ham topib bölmadi.
Odatda boş prokuror darajasidagi mansabdorlar lavozimga tayinlanganda bu haqdagi prezident farmoni bilan bir qatorda uning tarjimai holi ham e’lon qilinadi. Biroq Usmon Xudoyqulov bilan bunday bölmagan.
Ayrim manbalarda keltirilişiça, Usmon Xudoyqulov 1954 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan. Boş prokuror etib tayinlanguniga qadar u prezidentning sud, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari böyiça maslahatçisi bölgan, biroq neça yil davomida prezidentga maslahatçilik qilgani, undan oldin qaysi idoralarda işlagani haqida ma’lumot yöq. Faqatgina 1995, 1996, 1998 yillarga oid hujjatlarda uning lavozimi Özbekiston boş prokurorining birinçi örinbosari sifatida körsatiladi.
Usmon Xudoyqulov. Boş prokuratura hay’at yiğilişida, 1999 yil
1998 yilning 23 dekabrida, 44 yoşida boş prokuror etib tayinlangan Usmon Xudoyqulov 2000 yilning 18 fevralida işdan olingan. Ayrimlar uning işdan olinişini 1999 yili Toşkentda sodir bölgan 16 fevral voqealaridan söng Islom Karimovning qahriga uçragani bilan izohlasa, ba’zilar korrupsiyaga qarşi keng miqyosli uruş e’lon qilgani ortidan qudratli klanlar ta’sirida öz arizasiga köra vazifasidan ozod qilinganini aytadi.
Kun.uz suhbatdoşining ta’kidlaşiça, Xudoyqulov boş prokuror bölgan davrda çindan ham juda köplab amaldorlar korrupsiyada ayblanib, qamoqqa taşlangan, prokuratura tizimida keng kölamli tozalaş ötkazilib, yuzlab prokurorlar attestatsiyadan ötolmay haydalgan, ularning örniga oddiy oilalardan çiqqan, heç qanday «tanka»si bölmagan yigit-qizlar işga olingan. Internetda qoldirilgan izohlardan birida esa Usmon Çinozoviç prezident maslahatçisi bölgan davridayoq korrupsion sxemaning boşida turgani, har bir tayinlov uçun 50 ming dollardan olgani, biroq jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, imi-jimida boş prokurorlikdan ketkazilgani iddao qilinadi.
Bugungi kunda Usmon Xudoyqulov «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasining yuridik boşqarmasida işlayotgani haqida ma’lumotlar bor.
Raşid Qodirov
Lavozimda eng uzoq ötirgan boş prokuror
Özbekistonning uçinçi boş prokurori Raşid Qodirov 1952 yilning 23 fevralida öşa paytda Namangan viloyatiga qaraşli bölgan Baliqçi tumanida tuğilgan. Mehnat faoliyatini özi tuğilib ösgan viloyat prokuraturasida boşlagan. U 80-yillarda Davlat xavfsizligi qömitasida işlagan.
1991-1994-yillarda MXX raisi örinbosari bölib işlagan. Öşa paytlari davlat taşkilotlarida «idoradan çiqqan» örinbosarlari bölişi odat tusiga kirgandi. Natijada Qodirov 1994 yilda boş prokurorning örinbosari lavozimida iş boşlagan va Özbekistonda röy bergan bir neça teraktlarni tergov qilişga boş-qoş bölgan, Özbekiston nomidan çiqarilgan aybnomalar aynan Qodirov boşçiligida tayyorlangan.
2000 yil fevralida,48 yoşida boş prokurorlik kursisini egallagan Qodirov 2005 va 2010 yillarda lavozimiga qayta tayinlangan. Şu tariqa, u boş prokuror sifatida 15 yildan ortiq, boş prokurorga örinbosarlik qilgan 6 yil ham qöşilsa, 21 yildan ziyod vaqt davomida prokuratura organlari rahbariyatida bölgan.
2015 yili köpçilik uning navbatdagi muddatga boş prokuror bölişiga işonib turgan vaqtda kutilmaganda işdan çetlaştiriladi. Öşa paytda 63 yoşni qoralagan Qodirov mehnat ta’tilida bölgani, ta’tildan zudlik bilan prezident devoniga çaqirtirilgani va öz ixtiëri bilan işdan ketiş töğrisida arizasi ëzdirib olingani aytiladi.
Şundan söng Konstitutsiyaviy sud a’zosi etib tayinlangan sobiq boş prokuror 2017 yilgaça uşbu lavozimda işlagan. Oliy Majlis Senatining 2017 yil avgustidagi yalpi majlisida Konstitutsiyaviy sud a’zolari qayta tayinlanganda, Raşidjon Qodirov uşbu lavozimdan mahrum bölgandi.
2017 yilning 2 avgust kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida prezident Şavkat Mirziyoyev prokurorlarni qattiq tanqid qilgan, prokuratura tizimi izdan çiqib ketgani, korrupsiya botqoğiga botgani, prokurorlarning odamlarni mensimay qöygani, oyoği yerdan uzilganini aytib ötgan, garçi Raşid Qodirov nomini tilga olmasa-da, bularning barçasida avvalgi boş prokurorni ayblagandi.
Raşid Qodirov
2018 yil 23 fevralda esa u pora berişga dalolat qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş, tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Xabar.uz’ning yozişiça, Raşid Qodirov xorijga uçib ketmoqçi bölganida Toşkent aeroportida uşlangan. Keyinçalik «Qodirov işi» doirasida uning sobiq örinbosarlari, Toşkent viloyatining sobiq prokurori, jami 21 kişi qamoqqa olingani ma’lum böldi.
Sud tomonidan Qodirovga 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş va eng kam oylik iş haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangandi. Şuningdek, sud uni barça unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilgan. Özbekistondagi kuç tuzilmalarining yuqori lavozimli mansabdorlari va yuqori doiralardagi klanlar bilan quda-andaçilik aloqalari bilan çatişib ketgan Raşidjon Qodirov Özbekiston tarixidagi jinoiy javobgarlikka tortilgan dastlabki boş prokuror bölgandi.
Sönggi xabarlarga köra,sobiq boş prokuror örinbosari Uluğbek Sunnatov va Uluğbek Xurramov, şuningdek, sobiq MXX katta zobiti Javdat Şarifxöjayev bilan birga huquqni muhofaza qiliş organlarining sobiq xodimlari uçun möljallangan qamoqxonada jazo muddatini ötayotgan sobiq boş prokuror tikuv sexida işlamoqda.
Ixtiyor Abdullayev
Özbekiston tarixidagi eng yoşi katta boş prokuror
2006 yildan buyon prezidentga maslahatçilik qilib kelgan Ixtiyor Abdullayev 2015 yilning aprelida, 49 yoşida boş prokuror lavozimiga tayinlangan edi.
1966 yil Farğonada tuğilgan Abdullayev adliya va sud organlarida suyagi qotgan, 1997 yilda prezident devoniga işga ötib, prezident davlat maslahatçisi lavozimigaça kötarilgan, 2010–2015 yillarda esa Senat a’zoligiga saylangan.
Boş prokuror bölib ikki yildan sal köproq işlagan Abdullayev 2018 yil yanvarida Milliy xavfsizlik xizmatining 23 yillik rahbari — Rustam Inoyatov örniga xizmat negizida taşkil etilgan yangi tuzilma — Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi, şu munosabat bilan u Özbekiston Boş prokurori lavozimidan ozod etilgan edi. 2019 yil fevralida soğliği bilan boğliq muammolar sabab DXX rahbarligidan ketgani e’lon qilindi.
Ixtiyor Abdullayev
Oradan bir neça oy ötganidan söng Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat işi oçilgani ma’lum böldi. 2019 yil 27 sentyabrda Özbekiston Harbiy sudi Ixtiyor Abdullayevni jinoiy uyuşma taşkil etib, mansab vakolatini suiiste’mol qilib, uyuşgan guruh va jinoiy uyuşma manfaatlarini közlab, juda köp miqdorda pora oliş, Özbekiston manfaatlariga xilof ravişda bitimlar tuziş, tovlamaçilik, özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş, bojxona töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş va şu kabi bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, jinoyatlar majmui tariqasida unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Otabek Murodov Foto: Kun.uz
Köp narsa kutilgan boş prokuror
Prezident rahbarligida 2018 yil 31 yanvar kuni MXX hamda prokuratura organlari xodimlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda Ixtiyor Abdullayev örniga prezidentning davlat maslahatçisi Otabek Murodov respublikaning yangi boş prokurori etib tayinlangan.
Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumanidan bölgan Murodov boş prokurorlikka kirişgan paytda hali 43 yoşga tölmagandi. Şu tariqa, u Böritoş Mustafoyevdan keyin uşbu lavozimga tayinlangan ikkinçi eng yoş boş prokurorga aylandi. Matbuotda uning boş prokurorlikka tayinlanişiga katta umid bildirilgan maqolalar çop etilgan, aynan Otabek Murodov davrida Boş prokuratura matbuot xizmati oçiqlik va şaffofligi bilan barçaga örnak bölgandi.
Faoliyatini 1997 yilda Şahrisabz tumani prokuraturasida iş örganuvçilikdan boşlagan Murodov tuman prokuraturasida tergovçi, viloyat prokuraturasining jinoyatlarni tergov qiliş bölimi alohida muhim işlar böyiça tergovçisi, Boş prokuraturaning jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi alohida muhim işlar böyiça tergovçisi, katta tergovçisi, tumani prokurori, Boş prokuratura organlarida tergovni nazorat qiliş boşqarmasi boşliğining örinbosari, prezident devonining yetakçi va boş inspektori, adliya vaziri örinbosari, prezident huzuridagi sudyalarni tanlaş va lavozimga tavsiya etiş böyiça Oliy malaka komissiyasining raisi, prezident davlat maslahatçisi bölib işlagan.
Otabek Murodov
2019 yilning 20 iyun kuni Otabek Murodov Boş prokurorlikdan çetlatilgan, keyinçalik unga nisbatan jinoiy iş oçilgani, u DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev va uning sobiq birinçi örinbosari Jahongir Egamovga qarşi oçilgan jinoyat işi doirasida tergov qilinayotgani ma’lum bölgandi. Sud tomonidan sodir etgan jinoyatlari uçun çin köngildan puşaymon ekanligi va jinoiy qilmişlarni foş qilişda faol yordam bergani hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni töla qoplagani, oilaviy ahvoli e’tiborga olinib, Otabek Murodov 5 yil muddatga uy qamoğiga hukm qilingan.
Niğmatilla Yöldoşev
Eng ehtiyotkor boş prokuror
1962 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 1987 yildan 2011 yilgaça prokuratura tizimida turli lavozimlarda işlagan, keyinroq Senat raisi bölgan Niğmatilla Yöldoşev 2019 yilning 20 iyun kuni Konstitutsiyaning 93-moddasi 12-bandiga muvofiq Murodovning örniga Özbekiston Boş prokurori etib tayinlangan edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 iyun kuni bölib ötgan Senatning 20-yalpi majlisidagi çiqişida «Bunaqa ketişda bölsa, prokuratura tizimini mutlaqo qisqartirib yuboraman, köproq vakolatni Adliya tizimiga beraman», deb aytgandi.
Niğmatilla Yöldoşev Boş prokuraturaga kelgaç, tozalaş işlari boşlangan, xususan, bir qator boşqarma va inspeksiya boşliqlari, viloyat prokurorlari işdan olinib, ularning örniga yangilari tayinlangan edi. Biroq uşbu «tozalaş»lar kutilgan samarani bermaganini tizimda hamon kuzatilayotgan korrupsiya holatlari ham tasdiqlab turibdi (1, 2, 3, 4).
2020 yili prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbirda Niğmatilla Yöldoşev prokuratura organlarini xalq prokuraturasiga aylantiriş, avvalo, tizimda oçiqlik va şaffoflikni töla ta’minlaş asosiy vazifa etib belgilanganini ta’kidlagandi.
Biroq, oradan ön kun ötib, 18 yanvar kuni Boş prokuror rahbarligida ötkazilgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça Respublika Idoralararo komissiyasining kengaytirilgan yiğilişiga ham, 29 iyun kuni Boş prokuraturada bölib ötgan Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi majlisiga ham mustaqil OAV vakillari taklif etilmagandi. 2019 yilning 18 dekabr kuni parlament saylovi bilan taşkil etilgan oçiq muloqotdan söng Kun.uz muxbirining intervyu beriş haqidagi iltimosiga javoban özining örniga örinbosari Svetlana Ortiqovadan intervyu olişni tavsiya qilgandi. Nozik mavzular va qaltis savollardan ham özini ehtiyotlaydigan boş prokuror qöl ostidagilarga oçiq bölişni tavsiya etiş barobarida özi bunga amal qilmasligi eng kamida bunday darajadagi lavozim egasiga yaraşadigan iş emas, nazarimizda.
Niğmatilla Yöldoşev Foto: Kun.uz
Özbekiston tarixidagi oltinçi boş prokuror eng ehtiyotkor boş prokuror deyiş mumkin. Tizim xodimlari Niğmatulla Yöldoşevni mustaqil Özbekiston tarixidagi eng ehtiyotkor boş prokuror ekanini aytişadi. Öta ehtiyotkorligining kasriga Niğmatilla Yöldoşev haligaça prezident işonçini, hurmatini qozona olgani yöq.
2021 yil 21 dekabr kuni bölib ötgan selektor yiğilişida Şavkat Mirziyoyev boş prokurorga «qaçon katta-katta hokimlarni jinoiy javobgarlikka tortişni boşlasa, şundagina hurmat qila boşlaşi»ni aytgandi. Niğmatilla Yöldoşev davlat rahbarining işonçini qozona oladimi yoki yöq, buni vaqt körsatadi.
Jamşid Niyozov, jurnalist
Tasvirçi va montaj ustasi: Muhiddin Nido