2000-2015 yillarda Özbekistonning boş prokurori lavozimida faoliyat körsatib kelgan Raşid Qodirov pora berişga dalolat qiliş, firibgarlik, soliqlar yoki boşqa majburiy tölovlarni tölaşdan böyin tovlaş, tergov qilişga va sud işlarini hal etişga aralaşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş kabi hokimiyat, boşqaruv va jamoat birlaşmalari organlarining faoliyat tartibiga qarşi bir qator oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgandi.
Sud jarayoni 6 oyga yaqin davom etgandi. Iş jarayonida «Davlat sirlari töğrisida»gi qonun talablariga muvofiq, yopiq tarzda ötkazilgan sud tergovi jarayonida barça sudlanuvçilarning körsatuvlari birma-bir atrofliça tekşirilgan, 200ga yaqin guvohlarning körsatuvlari tinglanib, iş böyiça ötkazilgan ekspertiza va xizmat tekşiruvlari xulosalari, şuningdek jinoyat işida töplangan dalillar, ularning qonuniyligi va asosliligi nuqtai nazaridan taftiş qilingandi.
Özbekiston sobiq boş prokurori Raşid Qodirov 2018 yil fevralida qölga olingan edi. Öşanda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 (tovlamaçilik), 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 210 (pora oliş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgandi.
Inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov ham Qodirov ozodlikka çiqqani haqida post qoldirib, sobiq boş prokuror haqida olinişi kerak bölgan film körsatilmaganini esladi.












