20 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta taşabbus böyiça amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişiş maqsadida Toşkent viloyatining Böka tumaniga taşrif buyurdi.
«Prezidentimiz ilgari surgan taşabbuslar ijrosi avvalo maktablardan boşlanişi kerak deb hisoblayman, – deya taşrif xulosasini bildirgan Saida Mirziyoyeva. – Fikrimça, ma'naviy va jismoniy jihatdan barkamol yangi avlodni şakllantiriş uçun aynan maktablarni 5 ta taşabbus zamirida madaniyat, ma'rifat, sport va kompyuter texnologiyalari öçoği sifatida isloh qilsak, maqsadga muvofiq bölar edi».
«Umumtata'lim maktablarda 5 ta taşabbus asosida darsdan keyin har bitta fan yönalişida özlaştiriş va bilimlarni mustahkamlovçi maşğulotlar sonini oşiriş, kasbga yönaltirilgan hamda fan tögaraklarini joriy qiliş, har bir öquvçining taşkillaştirilayotgan madaniy tadbirlarda iştirokini ta'minlaş, maktab, tuman, viloyat va şahar miqyosida kitobxonlik tanlovlarini tez-tez taşkil etiş, maktab binosida turli sport maşğuloti va tögaraklarini oçiş, kompyuter savodxonligi kurslarini taşkil etiş öquvçi-yoşlarning samarali va mazmunli iş bilan band bölişlariga xizmat qiladi. Natijada, ular maktab davrida, olayotgan bilim va könikmalari asosida, keng tafakkurli, biror hunar egasi va sport ustalari bölib yetişadi.
5 ta taşabbusning, eng avvalo, maktablarda joriy etilişi, respublikamizdagi 5 milliondan ortik bolalarning öz kelajaklarini işonç bilan qurişlari va vatan ravnaqiga hissa qöşa oladigan yetuk inson bölib yetişişlariga zamin böladi.
Şunday ekan, farzandlarimizning bilim maskanida dunyoqaraşi keng, zehni ötkir, madaniyatli, vijdonli, vatanparvar, jismonan çiniqqan, kelajakda yurt ravnaqiga hissa qöşadigan, dunyodagi ilğor tengdoşlari bilan raqobatlaşa oladigan inson bölib yetişişlari uçun ham 5 ta taşabbusni amalga oşirişni, eng avvalo, maktablardan boşlaş zarur», degan Saida Mirziyoyeva.

U şuningdek, bu borada jamoatçilikdan öz taklif va mulohazalarini berişini söragan













