Ukraina prezidentligi uçun nomzod Vladimir Zelenskiy ikkinçi tur yakunlariga köra ğolib bölişi yanada oydinlaşmoqda. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga köra, ayni vaqtda ovozlarning 90 foizi qayta işlab çiqilgan va unga köra Zelenskiy 73,19 foiz ovoz töplagan, amaldagi prezident Pyotr Poroşenko esa 24,6 foiz ovoz olgan.
21 aprel kuni ötkazilgan saylovda ovoz beriş jarayoni yakunlanganidan keyin Milliy ekzit-pol dastlabki natijalarni e'lon qilgan, unga köra Zelenskiy 73 foiz atrofida ovoz olib ğolib bölişi aytilgandi.
Zelenskiy öz ştabida ğalabani nişonlaşga ulgurgan.
«Biz buni birgalikda uddaladik... Hozirça men rasman prezident emasman, ammo Ukraina fuqarosi sifatida gapirişim mumkin. Men barça possovet davlatlariga aytaman: Bizga qarang - barçasining imkoni bor!», degandi bölajak prezident.
Pyotr Poroşenko esa mağlubiyatini tan olib, raqibini ğalaba bilan tabriklaşini aytib ötgan.
«Ekzit-pol natijalari barçasini körsatib turibdi. Natijalarga asoslangan holda raqibimni tabriklaşim mumkin», degan u. Şu bilan birgalikda, Ukrainaning amaldagi prezidenti lavozimdan ketsa-da, siyosatda qolişini ma'lum qilgan.
Saylovda 16 million nafarga yaqin ukrain iştirok etdi. Bu esa davomat 63 foizga yaqin bölganini körsatadi. Zelenskiy deyarli barça oblastlarda ustun keldi, faqat ğarbdagi Lvov oblastida Poroşenko nisbatan köproq ovoz oldi. U bu yerda 63,09 foiz ovoz olgan, Zelenskiy 34,16 foiz ovoz bilan kifoyalangan. Öz navbatida Zelenskiy Poroşenkoni eng katta farq bilan ortda qoldirgan hudud - Lugansk oblasti böldi - 88,88 foizga 8,89 foiz. Donetskda ham şunga yaqin körsatkiç qayd etilgan - 87,18 foizga 10,38 foiz.













