Germaniyada kamyob hodisa sodir böldi – 27 yildan buyon koma holatida bölgan ayol töliq öziga keldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
BAA fuqarosi Munira Abdulla 1991 yilda Al-Ayn şahrida avtomobili maktab avtobusiga urilişi natijasida boşidan jarohatlangan. Avtomobilda, şuningdek, uning öğli Umar Veber ham bölgan va ona öğlini quçoqlab qolgani tufayli bola yengil jarohat olib, tezda tuzalib ketadi.
Munirani avval mahalliy şifoxonaga joylaştirişadi, keyinçalik aniq taşxis qöyiş uçun Londonga köçiradilar. Şifokorlar unda oğriq kabi minimal sezgilar saqlanib qolgani va komaga öxşaş holat yuzaga kelganligini bildirişadi. Şundan söng bemor BAAga qaytariladi va uzoq yillar davomida zond orqali ovqatlantirilib, badani uqalab turiladi.
2017 yilda valiahd şahzoda uning ahvolidan xabar topganidan söng Munira Abdullaning oilasiga Germaniyada davolaniş uçun mablağ ajratadi. Oradan bir yil ötib ayol ayrim ovozlar çiqara boşlaydi, bir neça kundan keyin esa butunlay öziga keladi va öğlining ismini aytadi.
Hozir ayol oilasi bilan BAAga qaytib, davolanişni davom ettirmoqda. U muşaklar atrofiyasidan foriğ böliş uçun fizioterapiya muolajalarini olişi zarur.











