Keyingi öttiz yil içida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT)ga a'zo mamlakatlarda aholining örta qatlami 64 foizdan 61 foizga tuşib ketdi.
Şu bilan birga ularning daromadlari ham pasaygan – örta qatlam özining iqtisodiy ta'sirini yöqotmoqda. Bu haqda BMTga mualliflaridan biri bölgan Maykl Forster taqdim etgan IHTT hisobotida aytiladi. U BMT yangiliklar xizmatiga mazkur hisobot töğrisida batafsil ma'lumot berdi.
- Hisobotdagi ma'lumotlarga köra, aksariyat odamlar özlarini örta qatlamga mansub deb biladi. Bu nimani anglatadi?
- Biz hisobotda mamlakat böyiça örtaça daromadning 75 foizidan kam bölmagan va 200 foizidan ortiq bölmagan miqdorda daromad topuvçilarni körib çiqdik. Aholining taxminan 61 foizi, ya'ni köpçilik bu toifaga kiradi. Daromad yuqori darajada bölgan davlatlar, masalan AQŞda bu yiliga 23 ming dollardan 62 ming dollargaça taşkil etadi. Xitoyda bu daromad yiliga 5 ming dollardan 13 ming dollargaça.
Örtaça olganda, aholining 55dan 80 foizgaça qismi özini örta qatlamga mansub deb hisoblaydi.
- Hisobotda örta qatlamning nafaqat uluşi, balki iqtisodiy ta'siri ham kamayib borayotganligi aytilgan. Bu nima degani?
- Iqtisodiy ta'sir uluşga nisbatan muhimroqdir. Ha, örta qatlamning uluşi keyingi 20-30 yilda 64 foizdan 61 foizga pasaydi. Ammo bu iqtisodiy ta'sir körsatkiçiga nisbatan unçalik qörqinçli emas. Öttiz yil avval örta qatlamning barça vakillari yalpi daromadi yuqori qatlamning yalpi daromadidan tört baravarga köp edi, hozirda esa uç baravardan ham kamroq. AQŞda esa, örta qatlamning yalpi daromadi «yuqori»ning daromadidan ançagina past.
- Hozirda örta qatlam qanday muammolarga duç kelmoqda?
- Birinçi navbatda, bu iqtisodiy resurslarning yetişmasligi. Bugungi kunda odamlarga, ayniqsa yoşlarga pul töplaş, jamğariş, uy-joy va ta'limga investitsiya qiliş borgan sari qiyinlaşmoqda.
- Davlatlar aholining örta qatlami şaroitini qanday yaxşilaşi mumkin?
- Ayrim davlatlarda asosiy muammo uy-joy masalasi hisoblanadi, boşqa birlarida örta-maxsus va oliy ta'lim oliş muammo. Mos ravişda, birinçi guruhdagi davlatlar aholiga uy-joy uçun arzon narxlarni kafolatlaşi, ikkinçi guruhdagilar ta'lim tizimini isloh qilişi lozim. Zamonaviy şaroitlarda muntazam ravişda malaka oşiriş, yangi kasblarni özlaştiriş imkoniyati mavjud bölişi – odamlar umrlari davomida öqib-örganişlari kerak. Şuningdek, aholining tibbiy xizmatlardan foydalanişini ta'minlaş muhim hisoblanadi.











