Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) jahon iqtisodiyoti böyiça öz prognozini yaxşiladi. Joriy yil oxirida jahon yalpi içki mahsuloti 3,1 foizga oşişi mumkin, deya xabar berdi taşkilot 2 may, payşanba kuni. Fevral oyidagi prognozda ösiş 2,9 foizni taşkil etişi kutilgan edi.

IHTT ma’lumotlariga köra, Qöşma Ştatlar 2024 yilda global iqtisodiy rivojlanişning asosiy motori böladi. Bu mamlakatda u yalpi içki mahsulotning 2,6 foiz ösişini kutmoqda, bu avvalroq taxmin qilingan 2,1 foiz körsatkiçdan sezilarli darajada yuqori.

Germaniya iqtisodiyoti atigi 0,2 foizga, yevrohudud - 0,7 foizga ösadi 

Şu bilan birga, Germaniya iqtisodiyoti atigi 0,2 foizga ösadi, bu IHTTning fevral oyidagi prognozidan 0,1 foizga kamdir. Butun yevrohudud doirasida iqtisodiy ösiş sur’ati, taşkilot ma’lumotlariga köra, 0,7 foizni taşkil etadi (avvalgi prognozda – 0,6 foiz). 

Şu bilan birga, IHTT Xitoy va Hindiston, şuningdek, Rossiyada yalpi içki mahsulot ösişi prognozini yaxşiladi. Uning ekspertlari fikriça, 2024 yilda Rossiya iqtisodiyotining ösişi 2,6 foizni taşkil qiladi. Fevral oyida ular Rossiya Federatsiyasida 1,8 foiz ösişni kutişgan. Xitoy iqtisodiyoti, 4,9 foizga ösişi mumkin (ilgari 4,7 foiz deb taxmin qilingan edi). 

Umuman olganda, IHTT hisobotida qayd etilişiça, global iqtisodiyotda «ehtiyotkor optimizm» kuzatilyapti. Biroq, jiddiy geosiyosiy keskinlik va xavotirlar, xususan, energetika va moliya bozorlari bilan boğliq xavflar saqlanib qolmoqda.