Nazarboyev prezidentlik vakolatini topshirishga uch yil tayyorgarlik ko‘rganini aytdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev , "Nur Otan" partiyasining navbatdan tashqari s'yezdida davlat rahbari vakolatini topshirishga uch yil ilgari tayyorlana boshlaganini bildirdi.
"Ongli qaror qabul qilganimni aytganimda, darhaqiqat shunday edi. Bunday qaror bir kun yoki bir oy ichida qabul qilinmaydi. Men bu qarorga kelishga bir necha yil tayyorlandim. Ochiqroq aytadigan bo‘lsam, uch yildan ortiqroq", - dedi Nazarboyev.
U bu vaqt davomida kelajak va o‘tmish haqida fikrlaganini qayd etdi.
"Kadrlarni ko‘rdim, yelkadoshlarni tarbiyaladim va ularning har biridan umidim bor edi. va nihoyat yakuniy xulosaga keldim va bu xulosa to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Kelinglar, Toqayevni prezident etib saylaymiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi Qozog‘istonning birinchi prezidenti.
Avvalroq Nazarboyev Qosim-Jomart Toqayevni Qozog‘iston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surishni taklif qilgandi.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024