Hukumat qarori loyihasiga muvofiq, 1 maydan boşlab Özbekiston oliy ta'lim muassasalariga hujjat topşiriş jarayoni boşlanişi rejalaştirilgan.
Davlat xizmatlari agentligi xabariga köra, endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni öz yaşaş joyidan uzoqlaşmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki uydan çiqmasdan — my.gov.uz portali orqali yuboriş imkoni yaratilgan.
Quyida hujjatlarni onlayn tarzda yuboriş uçun şakllarni töldirişni örgatuvçi grafikalar taqdim etilmoqda.
1-qadam. Pasport, yaşaş manzili, telefon ma'lumotlarini töldiriş.

2-qadam. Siz tugatgan öquv muassasasi haqida axborot kiritiş (kollej, litsey yoki maktab).

3-qadam. Öquv şaklini (kunduzgi, keçki, sirtqi) va tilini tanlaş, test topşiriş grafikini belgilaş.

Şu yerning özida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta'lim muassasasini tanlab, sinovdan ötkaziladigan xorijiy til va imtihon topşiriladigan hududni belgilaş zarur.

4-qadam. Davlat bojini tölaş (maxsus tizimlar orqali onlayn tölov amalga oşiriş imkoni joriy etiladi).
Şundan söng ariza körib çiqiş uçun yuborilib, bu haqida tegişli xabarnoma yöllanadi.












