Özbekistonda Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etilmoqda. Bu «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarorida nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq quyidagilar belgilandi:

ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi özlari yaşab turgan turar joylarni ular Mehribonlik uylariga joylaştirilgan, vasiylikka yoki homiylikka oluvçi bilan birga yaşayotgan butun vaqt mobaynida, ön sakkiz yoşga tölgunga qadar bronlaştiriş huquqi beriladi;

bolalarning röyxatda turiş joyi va fuqaroligidan qat'i nazar, ularga barça ijtimoiy xizmatlar körsatiladi;

bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini töliq körib çiqiş kafolatlanadi va bola töliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni körmasdan qoldirişga yöl qöyilmaydi;

14 yoşga tölgan bola özining ta'minoti uçun bir vaqtning özida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida da'vo qözğatişga haqli;

bolalarni himoya qiliş maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da'vogar davlat boji va boşqa tölovlarni tölaşdan ozod qilinadi.

Hujjat bilan Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman) örinbosari – Bola huquqlari böyiça vakil lavozimi joriy etilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning iyul oyida Özbekistonda bolalar ombudsmani faoliyati yölga qöyilişi mumkin ekani, u prezident huzurida taşkil etilişi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uçun: bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatlarida Bolalar ombudsmani faoliyat yuritadi. Ularning asosiy vazifasi Bola huquqlari töğrisidagi konvensiya qoidalarini qonunçilikka tatbiq etiş, bolaning şaxsi, şa'ni, qadr-qimmati, huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari himoyasiga butun jamiyat va davlatni faol jalb etişdan iboratdir.