Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning qarori loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. Qaror bilan Toşkent şahrida 2017—2021 yillarda qurilgan köp qavatli uylardagi turar joylarni sotiş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş rejalaştirilgan.

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning yozişiça, «bu yerda gap Sergelida qurilayotgan, xalq tilida «arzon uylar» deb ataladigan va davlat tomonidan qurilgan (xususiy emas) turar joylar haqida ketmoqda».

Muhokamalarda deyarli barça qarorning bir bandiga e'tiroz bildirgan.

Ya'ni nizomga köra, Toşkent şahrida 2017-2021 yillarda qurilgan köp qavatli uylardagi turar joylarni sotib oliş huquqiga ega talabgorlar toifasidan biri sifatida Toşkent şahrida 10 yildan kam bölmagan davrda doimiy röyxatda (propiskada) turgan budjet taşkilotlaridagi Davlat xizmatçilari va işçilari körsatilgan. Şuningdek, talabgorlar safiga yoş oilalar, eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvçilar va yaşaş şaroitini yaxşilaşga muhtoj fuqarolar ham kiritilgan.

Muhokamalarda qatnaşganlar «nima uçun 10 yil propiskada bölişi kerakligi, bu muddatni hokimiyatdagilar qayerdan olişgani» haqidagi savollar qöyişgan.

«Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan doimiy röyxatga qöyilgan xodim 3 yildan keyin nomiga turar joy rasmiylaştirişi mumkin. Toşkent şahrida 2017—2021 yillarda qurilgan köp qavatli uylardan oliş uçun yana 7 yil uysiz yurişi kerakmi, topgan pulini kvartiraga sarflab? Şu «10 yil» sözini yozgan odam 1 yil uysiz yaşab körganida bu sözni yozmagan bölardi», deyilgan izohlardan birida.

Loyiha muhokamasi 23 aprelda yakunlanadi.