Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Vladimir Putin bilan uçraşgani Rossiyaga yetib keldi. Poyezd mahalliy vaqt bilan soat 10larda Rossiya-Şimoliy Koreya çegarasini kesib ötgan.
Şimoliy Koreya delegatsiyasining zirhli poyezdi Primore ölkasidagi Xasan stansiyasiga yetib kelgaç, Kim Çen In va uning hamrohlari rus an'anasiga köra tuz va non bilan kutib olingan.
Şundan keyin delegatsiya vokzal binosiga yöl olgan. Kim Çen In Xasandan Vladivostokka yöl olgan, bu yerda 25 aprelda uning Vladimir Putin bilan uçraşuvi bölib ötadi.
Putin Vladivostokka 25 aprelda keladi, ertasiga esa Pekindagi forumga yöl oladi.
Kim Çen In esa Vladivostokda 26 aprelgaça qolib, u uçun muhim bölgan bir neça, jumladan öz vaqtida bobosi Kim Ir Sen bölgan joylarga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga köra, Şimoliy Koreya yetakçisi Primore okeanariumida va şaharning boşqa diqqatga sazovor joylarida ham böladi.
Putin va Kim Çen In uçraşuvi sanasi va joyi ma'lum qilindi











