24 aprel kuni Özbekiston aloqa tarixi muzeyida .uz domenining 24 yilligiga bağişlangan xalqaro texnik konferensiya boşlandi. 24 – 28 aprel kunlari ötadigan konferensiya UZINFOCOM (Özbekiston), ICANN (AQŞ) va auDA kompaniyasi (Avstraliya) kömagida APTLD (Osiyo – Tinç okeani yuqori darajali domenlar uyuşmasi) tomonidan taşkillaştirilgan.
Konferensiyada Birlaşgan Arab Amirliklarining AEServer, Irlandiyaning Afilias, Çexiyaning GransyS.R.O, Misr Arab Respublikasi telekommunikatsiya sohasi regulyatorlari, Afğoniston Islom Respublikasining informatsion texnologiyalar va kommunikatsiyalar vazirligining vakillari iştirok etyapti.
Uşbu tadbirda DNSSEC masalalari, milliy domenlarda samarali marketing böyiça maşğulot va mahorat darslari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, 1995 yilda Janubiy Karolina informatika instituti .uz milliy domenini yaratiş böyiça talabni ma'qullagan.
Ma'lumot uçun, .uz domenida 66 979 ta sayt işlayapti (24.04.2019 holatiga köra).











