Majburiy ijro byurosi Xovos tumani bölimi tomonidan Fuqarolik işlari böyiça Boyovut tumanlararo sudining qarzdor A.B.dan undiruvçi M.B.ning foydasiga 4 nafar farzandi uçun aliment undiriş haqidagi ijro işi böyiça qarzdorga hisoblangan jami 76,1 mln. söm qarzdorlik töliq undirib berildi.
Sirdaryo viloyat MIB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, aliment undiruvi borasidagi ijro harakatlari olib borilişida taraflarning özaro kelişuvi, hatto yaraşuviga ham katta e'tibor berilgani öz samarasini bermoqda.
Sobiq er-xotinlarning tört nafar farzand oldidagi burçlari va mas'uliyatlari, kelajakdagi orzu-umidlarining uşalişi borasidagi sa'y-harakatlar natijasida uşbu oila MIB taşabbusi bilan yaraştirilgan.












