Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni «Dyaoyuytay» qarorgohida Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori Kristin Lagardni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari XVJ bilan keyingi yillarda jadal va tizimli tus olgan hamkorlik darajasidan mamnunligini bildirdi.
Kristin Lagard Xalqaro valuta jamğarmasi kompleks iqtisodiy va tarkibiy yangilanişlarni amalga oşiriş jarayonida Özbekistonga zarur barça yordamni körsatişni davom ettirişga qat'iy intilişini ta'kidladi.
XVJ Özbekistonda iqtisodiy siyosatga doir, jumladan, aholi turmuş darajasini izçil yaxşilaşga xizmat qiladigan aniq çoralarni işlab çiqişda texnik kömak sohalarini faol kengaytirişga tayyor ekani qayd etildi.
Xalqaro valuta jamğarmasi öz tahlillariga tayangan holda mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti holatini ijobiy baholamoqda. Xususan, mamlakatimiz yalpi içki mahsulotining ösişi joriy yilda 5,5 foiz, keyinçalik esa 6 foizga yetişi kutilmoqda.
Jamğarma ekspertlarining fikriça, Özbekiston muhim islohotlarning ilk bosqiçini muvaffaqiyatli amalga oşirdi, şu jumladan, valuta muomalasi liberallaştirildi, soliq tizimi isloh qilindi va davlat statistikasi tizimi tubdan yaxşilandi.
Uçraşuvda Özbekiston va Xalqaro valuta jamğarmasi örtasidagi hamkorlikning joriy masalalari körib çiqildi, uning samaradorligiga yuksak baho berildi.
Jamğarmaning texnik kömagi tufayli yangi soliq siyosati va ma'muriyatçiligi konsepsiyasi işlab çiqilib joriy etilgani, «Markaziy bank va valutani tartibga soliş töğrisida» qonunning yangi tahriri loyihasi tayyorlangani, Özbekiston Davlat budjeti ilk bor örta muddatli asosda işlab çiqilgani, mamlakatimiz XVJ statistika ma'lumotlari tarqatişning umumiy tizimiga qöşilgani ijobiy baholandi.
Prezident va XVJ boşqaruvçi direktori faol hamkorlikni, avvalo, pul-kredit siyosati, bank tizimi, soliq-budjet siyosati, tölov balansini xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş sohalarida davom ettirişga kelişib olişdi.
Kristin Lagard Özbekiston Respublikasi Prezidentini mazmunli muhokama uçun minnatdorlik bildirdi hamda XVJ boşqaruvçi direktorining 2019 yil iyun oyiga möljallangan taşrifi davomida muloqotni davom ettirişga umid bildirdi.
«Siz Özbekiston aholisi farovonligi yölida amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlarni öz közim bilan körmoqçiman», - dedi Kristin Lagard.











