Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga taşrifi 25 aprel kuni ertalab Pekin şahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvdan boşlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Özbekiston va Xitoy – har tomonlama strategik şeriklar. Özbekiston XXRning taşqi siyosiy kursi va yagona Xitoy masalalari böyiça qat'iy pozitsiyasini, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarşi olib borayotgan kuraşini qöllab-quvvatlaydi. Xitoy mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar va Özbekistonning mintaqaviy siyosatini olqişlaydi. Davlatlar xalqaro taşkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda.
Davlat rahbarlarining muntazam uçraşuvlari va siyosiy irodasi Özbekiston-Xitoy har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötardi. Bugun siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qişloq xöjaligi, quriliş, fan, ta'lim va madaniyat sohalarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda.

Xitoy – Özbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy şeriklaridan biri. Özaro tovar ayirboşlaş izçil ösmoqda. Ötgan yil yakunlariga köra uning hajmi 6,4 milliard dollardan, joriy yilning birinçi çoragida esa 50 foizga oşgan.
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari va kreditlari hajmi 8 milliard dollardan oşdi. 2017 yil may oyida XXRga amalga oşirilgan oliy darajadagi davlat taşrifi natijasida umumiy qiymati 4,5 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oşirilmoqda.
Uçraşuvda tovar ayirboşlaşni yanada kengaytiriş va diversifikatsiya qiliş masalalari muhokama qilindi, özaro savdo hajmini yaqin yillarda 10 milliard dollarga yetkazişdan manfaatdorlik bildirildi. Özbekiston iqtisodiyotiga investitsiya, innovatsiya va texnologiyalar jalb etiş sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollariga, turli sohalarda hamkorlik böyiça yangi qöşma loyihalar işlab çiqiş, mintaqaning tranzit va transport-kommunikatsiya salohiyatini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston “Bir makon, bir yöl” taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaşi va uning keng kölamda amalga oşirilişiga amaliy hissa qöşişga tayyor ekanini ta'kidladi.











