Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pekin şahrida özi uçun ajratilgan qarorgohda 25 aprel kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Belarus prezidentining Özbekistonga ötgan yilgi rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçgani, ularni sifat jihatidan yanada yuqori darajaga olib çiqqani va amaliy mazmun bilan boyitgani alohida ta'kidlandi.
 
Uçraşuvda ilgari erişilgan kelişuvlar ijrosining borişi batafsil körib çiqildi. Prezidentlar ikki mamlakat örtasida tovar ayirboşlaş hajmi jadal ortayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Belarusning "Amkodor", "MAZ", "MTZ" va boşqa yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda sanoatning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Mamlakatlar hududlari örtasidagi almaşinuvlar ança faollaşdi. Fan, texnologiyalar va ta'lim sohasida samarali hamkorlik amalga oşirilmoqda. 

Davlatlar örtasidagi mustahkam işonç va hamkorlikning amaliy natijalariga erişişga qat'iy özaro intiliş uni yanada rivojlantiriş uçun keng imkoniyatlar oçmoqda. Bugun mamlakatlar buning uçun zarur salohiyatga ega ekani qayd etildi.  

Uçraşuvda özaro savdoni kengaytiriş, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm sohalarida qöşma dastur va loyihalarni amalga oşiriş, ta'lim, madaniyat va boşqa yönalişlarda hamkorlikni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar böyiça ham fikr almaşildi.  

Davlat rahbarlari şeriklikning yangi yönalişlarini samarali rivojlantiriş maqsadida turli darajadagi muloqotni faol davom ettirişga tayyor ekanini ta'kidladi, deyiladi xabarda.