Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun Pekin şahrida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ham uçraşdi.
Prezidentlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi darajaga kötarilgan köp qirrali Özbekiston-Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning aniq masalalari muhokama qilindi. Özaro savdo hajmini yanada oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Oliy darajadagi taşriflar davomida erişilgan kelişuvlar ijrosi ham körib çiqildi.

Ötgan yil Özbekiston va Tojikiston munosabatlari rivojida tarixiy yil bölgani, özaro davlat taşriflari natijasida u strategik şeriklik darajasiga kötarilgani alohida qayd etildi.
Bu boradagi işlar natijasida ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmi sezilarli oşib, hududlararo va gumanitar aloqalar mustahkamlanib borayotgani ta'kidlandi.
Şavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mamlakatlarimiz örtasida döstlik va yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş borasida intilişlari qat'iy ekanini ta'kidladilar.











