Voqeaning boşlanişi
«Samarqand suv ta'minoti» korxonasi feysbukdagi sahifasida kuz-qiş mavsumiga tayyorlaniş munosabati bilan 29 iyun kuni soat 23:00dan 30 iyun soat 23:00gaça Samarqand şahrining Temiryöl vokzali atrofidagi hududlarda, qisman Boğişamol, Beruniy köçasida, A, V mikrorayonlarida, sobiq Gagarin köçasi, Qorasuv massividagi «Obod maskan» mahallasida, şuningdek, şaharga tutaş hududlarda suv vaqtinçalik öçirilişi haqida xabar bergan edi. Bu xabardan söng samarqandliklar bir sutkaga yetadigan suv jamğarişdi, ammo...
Birinçi kun ötib, 30 iyun kuni aytilgan vaqtda jömrakdan bir tomçi ham suv tuşmadi. Balki bizning uyimizga ulangan vodoprovod tarmoğida uziliş bölgandir degan öyda qöşnilarnikiga çiqdik. Ularning uyida ham bizning uydagi kabi holat edi. Dökondan olib kelingan suvga yuz-qölni çayib, ertalab uyğonganimizda suv bölar, degan yaxşi niyatda uxlaşga yotdik.
Ikkinçi kun ham tugab, 1 iyul tongida yuqorida sanalgan köçalarda yaşovçilar ertalabdan suv izlab sarson bölişdi. Vaziyatning sababini biliş uçun tegişli taşkilotlarga qönğiroq qilişga urindik. «Samarqand suv ta'minoti» korxonasining telefonlariga ulanişning iloji bölmadi. Turli mas'ul idoralarga sim qoqaverib, nihoyat Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boşqarmasining dispetçeriga ulanişga muvaffaq böldik va u holatdan xabari borligi, katta ta'mirlaş işlari ketayotgani bois ikki soatdan söng suvdan uzilgan barça tarmoqlarga suv berilişini aytib, bizni xursand qildi.
Ikki soat tugul, kun yarmiga borib ham suv bölmadi. Yana tegişli taşkilotlarga boğlaniş uçun samarasiz urinişlar... Qiziq, tarmoq soatlab band böldimikan yoki telefon ataylab avtomat tarzda javob beriladigan qilib qöyildimikan?
Bu paytda ijtimoiy tarmoqlarda aholining uşbu voqea yuzasidan e'tirozlari paydo böla boşladi. Tarmoqda surat örniga «Samarqand viloyat suv oqova» ramzi tuşirilgan foydalanuvçining posti köçirib bosildi. Unda jumladan şunday deyiladi: «Katta hajmdagi işlar olib borilayotgani bois «Samarqand suv ta'minoti» DUK e'londa belgilangan vaqtda işni bajarişga ulgurmaydi. Gagarin, Rödakiy, Lohutiy, Nabiyev, Farhod, Şota Rustaveli, Mirzo Uluğbek köçasining bir qismi, Navoiy prospekti, Liniya orti köçalarida suv ta'minoti soat 13:00da tiklanadi. «Samarqand suv ta'minoti» DUK vaqtinça suv yetkazib beradi».
Iste'molçilar bu va'daga ham işonişdi. Biroq, 1 iyul kuni keç soat 24:00gaça ham aholiga suv yetkazib berilmadi.

















