Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamentiga asosan, hududlarda deputatlar aholi bilan yuzma-yuz uçraşuvlar ötkazmoqda. Uçraşuvlar davomida şahar va tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol hamda mahallalarda aholi e'tirozlariga sabab bölayotgan bir qator dolzarb muammolar bildirildi. Jumladan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Özbekiston «Adolat» SDP fraksiyasi a'zosi Uluğbek Samatovning Şayxontohur tuman aholisi bilan uçraşuvda içki yöllarning holati yuzasidan köplab e'tirozlar kelib tuşgan.
Toşkent şahrining qoq markazida joylaşgan Şayxontohur tumanidagi «Kattaboğ», «Yangiobod», «Zangiota», «Şofayzi», «Mannon Uyğur», «Kökça köça», «Kattahovuz», «Katta oqtepa» mahallalarining 30ga yaqin içki yöllari abgor holatdaligi ma'lum qilingan.
Bundan taşqari, tumandagi 193-sonli umumiy örta ta'lim maktabi hamda 71, 111-maktabgaça ta'lim muassasalari trotuarlari nosozligi ta'kidlangan.
Mazkur muammolar yuzasidan mahalla fuqarolari yiğinlari raislari tomonidan mahalliy hokimiyat vakillariga har yili bir neçta takliflar berilganiga qaramay bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan muammolar öz yeçimini topmagan.

«Yuqoridagilardan kelib çiqib, «Adolat» SDP fraksiyasi a'zosi Uluğbek Samatov Şayxontohur tuman hokimi v.v.b Rustam Mavlonovga tumanda yaşovçi fuqarolarga qulayliklar yaratiş maqsadida tuman hokimligi tomonidan joriy yilda mahallalar kesimida yuqorida keltirilgan yöllarini ta'mirlanişi hamda amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan çora-tadbirlar haqida axborot beriş yuzasidan 24 aprel kuni deputatlik sörovi yubordi.
Uşbu sörovga atrofliça va öz vaqtida beriladigan javobni kutib qolamiz va uni ham partiya rasmiy saytida e'lon qilinişini ma'lum qilamiz
Eslatib ötiş joizki, «Parlament nazorati töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga asosan, mazkur sörovga 10 kunlik muddat içida javob berilişi lozim», deyiladi partiya matbuot xizmati xabarida.












