Qozoğistonning hukmron «Omonat» partiyasi prezidentparast «Adolat» partiyasi bilan birlaşganini e’lon qildi. Birlaşiş yangi konstitutsiya kuçga kirganidan keyin bölib ötadigan parlament saylovi arafasida bölib ötdi.
Deputat Unzila Şapakning aytişiça, partiyalarni birlaştiriş qarori «millat manfaatlarini siyosiy kelişmovçiliklardan ustun qöyiş» zarurati bilan boğliq. Uning sözlariga köra, bu qadam «jamiyat va davlat manfaatlariga xizmat qiladigan siyosiy kuçlarning salohiyatini oşiriş»dir, deb yozdi Reuters.
Birlaşiş Qozoğiston siyosiy tizimini isloh qiliş paytida sodir bölmoqda. Mart oyida mamlakatda yangi konstitutsiya qabul qilindi. U parlament palatalari sonini ikkitadan bittaga qisqartirdi, deputatlar sonini kamaytirdi va vitse-prezident lavozimini qayta tikladi.
Yangi konstitutsiyaga köra, parlament 1 iyuldan öz vakolatlarini töxtatadi. Prezident Qosim-Jömart Töqayev saylov sanasini bir oy içida e’lon qilişi kerak, jarayon esa konstitutsiya kuçga kirgandan keyin ikki oy içida ötkaziladi. Qosim-Jömart Töqayevning vakolatlari 2029 yilda tugaydi.
Keng kölamli konstitutsiyaviy islohotlardan söng, şu yil iyun oyi boşida Qozoğistonda yangi «Adolat» siyosiy partiyasi taşkil etilgan edi. Partiya rekord darajadagi qisqa vaqt içida barça zarur tartib-taomillardan ötdi. Qozoğiston prezidenti Administratsiyasining sobiq rahbari Oybek Dadebay partiya raisi etib saylandi.
«Omonat» partiyasi (sobiq Nur-Otan) 1999 yildan beri mamlakatda hokimiyatda bölib, 1991 yildan 2019 yilgaça Qozoğistonni boşqargan öşa paytdagi prezident Nursulton Nazarboyev rahnamoligida taşkil etilgan.
Yangi «Adolat» partiyasi 2019 yilda Nazarboyev öz vorisi sifatida tanlagan Töqayevga töliq sodiq hisoblanadi va uning rahbariyatiga prezidentning eng yaqin yordamçilari kiradi.












