Qozoğistonda 23-avgust kuni bölib ötgan bir palatali parlament – Qurultoyga ilk saylovda hukmron «Adolat» («Әdіlet») partiyasi 71,17 foiz ovoz töplab, birinçi örinni egalladi. Ovoz beriş natijalari Markaziy saylov komissiyasida (MSK) eʼlon qilindi.



MSK raisi Nurlan Abdirovning maʼlum qilişiça, ovoz berişda 9,3 million fuqaro iştirok etgan, saylovçilar davomati 74,08 foizni taşkil qilgan.

«Saylovdagi ovoz beriş yakunlariga köra, deputatlik mandatlarini taqsimlaşda quyidagi beşta siyosiy partiyaning iştirok etişiga ruxsat berildi: «Adolat» partiyasi, Umummilliy sotsial-demokratik partiya, «Auul» partiyasi, Qozoğistonning «Aq jöl» demokratik partiyasi va Respublica partiyasi. Qozoğistonning «Baytaq» partiyasi va Qozoğiston Xalq partiyasi 5 foizlik çegaradan öta olmagani uçun mandatlarni taqsimlaşda iştirok etmaydi. Şunday qilib, ovoz beriş natijalariga köra, deputatlik mandatlari siyosiy partiyalar örtasida quyidagiça taqsimlanadi: «Adolat» partiyasi – 110 ta mandat, Umummilliy sotsial-demokratik partiya – 8 ta, «Auul» partiyasi – 10 ta, Qozoğistonning «Aq jöl» demokratik partiyasi – 8 ta, Respublica partiyasi – 9 ta», – dedi Nurlan Abdirov.

 

MSK maʼlumotlariga köra, «Adolat» partiyasi 71,17% saylovçi ovozini, Umummilliy sotsial-demokratik partiya – 5,11%, Qozoğistonning «Baytaq» yaşillar partiyasi – 1,07%, Qozoğiston Xalq partiyasi – 3,11%, «Auul» partiyasi – 6,26%, Qozoğistonning «Aq jöl» demokratik partiyasi – 5,21%, «Respublika» partiyasi – 5,56% ovoz olgan.