Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 aprel kuni Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisi Li Çjanşu bilan uçraşdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari "Bir makon, bir yöl" ikkinçi xalqaro forumining ötkazilişi hamda uning doirasida XXR raisi Si Tszinpin ilgari surgan taşabbuslarning amalga oşirilişi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirişga, keng mintaqamizda döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga xizmat qilişini ta'kidladi.

Keça Xitoy Xalq Respublikasi raisi bilan ötgan uçraşuvda mamlakatlar hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olingani, ular ikki davlat örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi qayd etildi.
Li Çjanşu mamlakatlar ikki tomonlama munosabatlarda erişgan yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi, deyiladi xabarda.
Keyingi yillarda mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va köplab boşqa sohalardagi aloqalar yanada faollaşgani alohida ta'kidlandi.
Özbekiston va Xitoyning qonun çiqaruvçi organlari örtasida hamkorlik borasida ijobiy tajriba töplangan. Parlament delegatsiyalarining uçraşuvlari muntazam ötkazilib, bu boradagi şeriklik izçil rivojlanib bormoqda.
Uçraşuvda oliy darajada erişilgan kelişuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuçaytiriş masalalari körib çiqildi. Bundan taşqari, parlamentlararo muloqot mamlakatlar hamkorligini amaliy mazmun bilan boyitiş, yangi dastur va loyihalarni ilgari surişga xizmat qilişi qayd etildi.
Butunxitoy xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisi mamlakatlar örtasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş va keng kölamli şeriklikni yanada rivojlantirişga amaliy hissa qöşişga tayyorligini bildirdi.

Li Çjanşu mamlakatda yangi bosqiçda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ularning real natijalari va samaradorligini yuksak baholadi. Uning fikriça, Özbekiston prezidentining siyosati va islohotlari özining miqyosi va maqsadlariga köra davlat rahbarini Xitoyning buyuk islohotçisi Den Syaopin bilan taqqoslaşga töliq asos böladi.












