«Barselona»da çempionlik öyini, Angliyada YeÇL uçun jang. Hafta öyinlari anonsi
|02:30 / 27.04.201921 75215 min
Foto AFPFoto AFP
Yevropa milliy çempionatlarida «ufq» körinib qolgan bölsa-da, yakuniy pallada bir qator savollar hali javobsiz qolmoqda. Germaniya va Angliyada kim çempion böladi? Italiya, Angliya, Ispaniyadan YeÇLdan qatnaşadigan 4-örin uçun bir qator da'vogarlar içida omadlisi kim? Qaysi jamoalarni biz kuçli beşlik çempionatlarida kelasi yili körmaymiz? Va yana boşqa bir qator savollarga qisman javob beriş uçun bizni navbatdagi hafta öyinlari kutib turibdi.
BORUSSIYa DORTMUND – ŞALKe (27 aprel, 18:30)
Bundesligada navbatdagi tur Rur derbisi bilan boşlanadi. Dortmundning «Borussiya» klubi çempionlik poygasida «Bavariya»ni quvişda davom etadi, «Şalke» esa, yana bir bor azaliy raqibiga xalaqit berişga urinib köradi.
Gap faqat xalaqit berişda emas, Çempionlar Ligasida nimçorak finalga çiqqan jamoa içki birinçilikda öta beqaror öyinlar körsatdiki, Hub Stevens şogirdlari «xavfli zona»ga eng yaqin jamoa bölib turibdi. 30 öyindan 17tasini boy bergan «Şalke» «Ştutgart»ni faqat 6 oçkoga ortda qoldirmoqda, xolos. Ya'ni, mağlubiyat ularni qöyi ligaga bir qadamlik masofagaça yaqinlaştiradi. Sönggi 14 öyinda atigi 1 marta ğalaba qozongan «Şalke» uçun mavsumning sönggi qismi ham oson ötmasligi haqiqatga yaqinroq bölsa kerak.
Ammo gap derbi ustida borar ekan, jamoalarning formasi va turnir jadvalidagi örni çetga çiqişi ham bor gap. Buni sönggi öyinlar ham körsatib turibdi. Sönggi 6 öyinda tomonlar bittadan ğalaba qozonişgan bölsa, 4 öyin durang bilan yakunlangan. Birinçi davradagi öyinda esa, Sançoning goli yordamida mehmonlar 2:1 hisobida ğalaba qozongan edi.
Tarkiblar borasida mehmonlarning holati biroz yomonroq. Töğri, dortmundliklarda jarohat olgan uç futbolçi ham himoyaçidir. Hakimi, Zagadu va Pişçek jamoaga yordam bera olişmaydi, lekin bu mavsumda «Borussiya» himoyaçilari şu qadar köp jarohat olişdiki, murabbiy juda köp variantlarda himoyani taşkil qilişi mumkin. «Şalke» tarkibida esa, Mark Ut va Yevgeniy Konoplyankaning örni juda bilinsa kerak.
BARSeLONA – LeVANTe (27 aprel, 23:45)
Ötgan haftada Fransiya va Italiyada nihoyat çempion nomi rasman aniqlandi. Bu safar endi Ispaniyada ham sovrin egasi ma'lum bölişi mumkin. Hozirda «Barselona» «Atletiko»dan 9 oçkoga oldinda bormoqda va Ispaniyada avvalo, özaro öyinlar e'tiborga olinişini nazarda tutsak, bu borada ustunlikka ega bölgan mezbonlar şu turdayoq çempionga aylanişlari mumkin. Balki bu öyindan oldinroq ötadigan uçraşuvda «Atletiko» oçko yöqotadigan bölsa, kataloniyaliklarga çempionlik uçun durang ham kifoya qiladi.
Mavzuga oid
Albatta, «Barselona»ning sönggi 10 yilda yettinçi marotaba mamlakat çempioniga aylanişi vaqt masalasi xolos. Şunday bölganda ham, bu iş «Kamp Nou»da, yuz ming muxlis qarşisida, Çempionlar Ligasidagi muhim öyin oldidan amalga oşirilişi ham muhimdir.
Albatta, bu öyinga köproq kelasi hafta bölib ötadigan YeÇL yarim finali rakursidan qaraş töğriroq. Tabiiyki, Suares, Buskets, Rakitiç, Alba, Pike kabi muhim öyinçilarga dam beriş kerak. Messi «Alaves»ga qarşi safar öyinida maydonga tuşmadi va katta ehtimol, bu öyinda qatnaşsa kerak. Heç bölmasa, Mbappe bilan ketayotgan «Oltin töp» uçun raqobat ham bunga sabablardan biri bölişi mumkin.
Vaziyatga valensiyaliklar tomonidan qaraganda, e'tiborli jihatlar talaygina. Masalan, ötgan yilgi bahsni eslasangiz kerak – aynan «Levante» kataloniyaliklarning mavsumni mağlubiyatsiz ötkaziş orzularini çippakka çiqarişgan va allaqaçon çempion bölib ulgurgan jamoa ustidan 5:4 hisobida ğalabaga erişgandi. Öşanda öyin davomida hisob 5:1 körinişiga ham kelgandi, hatto. Ikkinçidan, «Levante» 37 oçko bilan 15-örinda bormoqda va «xavfli zona»dan atigi 3 oçko oldinda, xolos. Ya'ni, ularga ligada qoliş uçun oçko suv va havodek zarur.
Darvoqe, öşa xavfli zonadagi jamoa kataloniyaning boşqa bir jamoasi – «Jirona» ekanini hisobga olsak, «Barselona» birtöla hamyurtlariga ham yordam berib ketişi mumkin.
LeSTeR – ARSeNAL (28 aprel, 16:00)
Ikki frontda kuraşiş «Arsenal»ga yetarliça muammolarni keltirib çiqarmoqda. Unai Emeri Yevropa Ligasini yutiş böyiça mutaxassis bölsa-da, u oldinlari bu işni La Ligada bosimsiz öynaş mumkin bölgan «Sevilya» bilan amalga oşirgandi. Yaxşiyamki, «Arsenal»ning APLdagi raqobatçilari ham yaxşi sport formada emas. Aks holda, londonliklar ança ortda qolib ketgan va YeÇLga yöllanmaning yagona yöli ölaroq faqat Yevropa Ligasida qolgan bölardi.
Gap faqat sönggi oylardagi muammoda ham emas, umuman «Arsenal» bu yil Angliyada safar öyinlarida juda yomon natija körsatmoqda. «Vulverhempton», «Everton», «Vest Hem», «Sauthempton» bu yili «Arsenal»ni öz maydonida «yer tişlatişdi». Umuman, safar öyinlari borasida «Arsenal» APLda 9-körsatkiçni qayd etmoqda va bu borada hatto «Lester» ham köproq oçko olişga erişgan.
Emeri şogirdlari ketma-ket ikki öyinda yutqazdi, avvaliga «Kristal Pelas» London derbisida uç oçko olib ketdi (2:3), keyin «Vulverhempton» öz maydonida «töpçilar» darvozasiga birinçi bölimning özida 3ta javobsiz gol urişdi (3:1). «Arsenal» törtlikka kiriş uçun endi oçko yöqotişga haqqi yöq, buning ustiga «Çelsi»ning oçko yöqotişidan umid qilişi kerak böladi. Yevropa Ligasidagi asosiy raqobatçi ham aynan «Çelsi».
«Lester» esa, top-jamoalarga qarşi noqulay uslubi bölgan va har qanday vaziyatda xavfli öynay oladigan jamoalardan biridir. Ötgan yilning may oyida bölib ötgan öyinni eslaş kifoya, öşanda lesterliklar qiyinçiliksiz 3:1 hisobida ustun kelgandi.
Muhim öyinlar oldidan jamoaning eng muhim öyinçilaridan biri Aaron Remzining safdan çiqişi esa, natijalarga sezilarli ta'sir körsatişi mumkin. Remzi katta ehtimol bilan APL öyinlarida maydonga tuşmaydi va agar «Arsenal» Yevropa Ligasi finaliga çiqadigan bölsa, öşa öyinda uelslik futbolçi jamoa tarkibidagi özining sönggi öyinini ötkazişi mumkin.
MANÇeSTeR YuNAYTeD – ÇeLSI (28 aprel, 20:30)
Angliyada YeÇL yöllanmasi uçun kuraş juda qattiq ketayotgandek tuyulsa-da, bir tomondan xuddi «oling-soling» manziratiga öxşab bormoqda. Çunki asosiy da'vogar jamoalar mavsum sönggida yöqotişsiz boriş örniga, umuman örin ahamiyatsiz tuyulgan örtamiyonalarga oçko ulaşiş bilan band.
«Mançester Yunayted» ketma-ket ikki turda «Everton» (0:4) va «Mançester Siti»ga (0:2) mağlub böldi, «Çelsi» ham qolişmay, avvaliga «Liverpul»ga safardan mağlub bölib qaytdi (0:2), keyin öz maydonida «Byornli» bilan durang öynadi (2:2). Mavsum tugaşiga uç tur qolganda, «Çelsi» turnir jadvalida 67 oçko bilan törtinçi, «Arsenal» 66 oçko bilan beşinçi, «MYu» 64 oçko bilan oltinçi bölib joylaşgan. Demak, Sulşer şogirdlari yakunda «Çelsi»ni ortda qoldiriş uçun bu öyinda ğalaba qozonişlari va keyingi turlarda ham londonliklarning oçko yöqotişidan umid qilişlari kerak böladi. YeÇL yöllanmasi uçun esa, nafaqat «Çelsi», balki boşqa London jamoasi – «Arsenal» ham oçko yöqotişi şart.
Töğri, nazarimizda, endi «Mançester Yunayted»ni yöllanma u qadar qiziqtirmayapti va qaysidir ma'noda jamoa öşa dekabr oyiga qaytib qolgandek. Bu yerda muhim vazifa qölga kiritiladigan oçkolardan ham köra, eski pozitiv muhitni qaytariş, sönggi oyda röy bergan ketma-ket mağlubiyatlarni esdan çiqariş va keyingi mavsum uçun ijobiy poydevor qöyişni boşlaş. Sulşer ham aslida şuning uçun Mançesterga taşrif buyurgandi, esingizda bölsa...
Özaro öyinlarga kelsak, uşbu mavsumda mançesterliklarning ustunligini körişimiz mumkin. APLning birinçi davrasidagi öyinda faqat sönggi daqiqalardagina «Çelsi» hisobni tenglaştirgan bölsa, fevral oyida «MYu» «Çelsi»ni beş yillik tanaffusdan söng «Stemford Brij»da mağlub etgan va Angliya Kubogidan çiqarib yubordi.
Umuman olganda, har ikki jamoa ham top-öyinlarda u qadar işonçli körinmayapti. «Mançester Yunayted» bu yil APL öyinlari doirasida top-6 vakillaridan faqat «Tottenhem»ni yenga oldi, xolos. «Çelsi» esa, bu guruhdagi jamoalarga qarşi safar öyinlarida yaxşi körsatkiçlarga ega emas – Sarri şogirdlari barça tört safar öyinini mağlubiyat bilan yakunladi.
JIRONA – SeVILYa (28 aprel, 17:00)
Ispaniyada çempion nomi deyarli aniq bölib ulgurgan bölsa-da, Çempionlar Ligasiga yöllanma beradigan 4-örin uçun ham, turnirda öz örnini saqlab qoliş uçun kuraş ham avjiga çiqqan.
«Sevilya» «Xetafe» bilan teng oçko jamğargan holda, faqat özaro öyinlar natijasiga köra pastroqda joylaşib qoldi va endi har bir öyinni ğalaba bilan yakunlaşi va «Xetafe»ning oçko yöqotişidan umid qilişi kerak böladi. Bu safargi raqibi «Jirona» esa, jadvalning qöyi qismida va bu klub ham keskin raqobat içida. Kataloniya jamoasi ligada qolişi uçun turnir jadvalida yuqoriga kötarilişi şart. Qiziği, «Jirona» bu öyindan keyin «Sevilya»ning «kuçli törtlik» uçun raqibi «Xetafe»ga mehmonga boradi. Keyin esa, ligada qoliş uçun kuraş olib borayotgan boşqa bir klub – «Levante»ni qabul qiladi. Xullas, jamoaning keyingi turlardagi har bir öyini bizning anonsimizdan örin olsa kerak.
Qatorasiga yetti öyindan beri faqat mağlubiyatga uçrayotgan «Jirona» uçun imkoniyatlar köp qolmayapti ham. Şu bilan birga, «Jirona» öşa ğalabasiz öyinlarda ham u qadar kuçsiz körinmagan va 6 öyindan 5tasida minimal hisob qayd etilgandi. Lekin «Sevilya» «Jirona» uçun juda noqulay raqib, La Ligada bölib ötgan barça uç öyinda ham andalusiyaliklarning qöli baland kelgan. Bu öyinlarda «Jirona» birorta ham gol ura olmagan.
Mezbonlarga ikki jihat yordam berişi mumkin. Birinçidan, «Sevilya» tarkibidagi bir qator muhim futbolçilar bölmiş Andre Silva, Gonalon, Vyober, Nolito kabilar maydonga tuşa olişmaydi. Ikkinçidan, «Sevilya» bu mavsumda safar öyinlarida u qadar işonçli körinmayapti va 17 öyindan atigi 5tasida ğalaba qozonib, bu körsatkiç böyiça 10-örinda bormoqda. Qiziği, safar öyinlari borasida «Jirona» ança ustun sanalib, aksinça, uyda bölib ötgan öyinlarda öta beqaror – Eysebio Sakristan şogirdlari mezbonlik qilgan 17 öyindan atigi 2tasida ğalaba qozonişgan, xolos. Ligada eng yomon körsatkiç.
TORINO – MILAN ( (28 aprel, 23:30)
A Seriyadagi sönggi 6 öyinda atigi bir marta ğalaba qozongan «Milan» turnir jadvalida deyarli pastlamagan bölsa-da, raqobatçi bölişi mumkin bölgan hamma jamoani eng yaqin masofaga yaqinlaştirib böldi. «Atalanta» va «Roma» oçkolar böyiça ham deyarli yetib oldi, «Latsio» bilan ham 4 oçkolik masofa bor. Bu safargi raqib «Torino» esa «Milan»dan uç oçko kam jamğargan, xolos. Demak, natijalar borasida har doimgidek beqaror körsatkiçlarga ega bölgan «Milan» uçun mavsum oxiri hal qiluvçi maqomda böladi. Gattuzo şogirdlari bu öyinlarda ğalaba qozonib, 4-örinni saqlab qolişlari va uzoq tanaffusdan söng YeÇLga qaytişlari mumkin. Şu bilan birgalikda, muvaffaqiyatsiz öyinlar «Milan»ni 8-öringa ham tuşirib yuborişi heç gap emas. A Seriyadagi natijalar keskin pasaygan va buning ustiga keçagina Italiya Kubogida final ostonasida qoqilgan «Milan» uçun hal qiluvçi palla yaqinlaşmoqda.
«Torino» esa, yuqorida aytilganidek, kuçli törtlikka juda yaqin. Bunga öziga xos muvaffaqiyatli seriya – sönggi 13 öyinda atigi 1 mağlubiyat bilan körsatilgan natijalar sababçi böldi. Töğri, bu öyinlarning köpi durang bilan yakunlandi, lekin şunday beqaror raqobatçilar yonida bu natijalar ham oldinga siljiş uçun yetarli edi. Darvoqe, duranglar haqida söng borganda, «Milan» va «Torino» örtasidagi oxirgi 4 uçraşuv ham durang hisobda yakunlanganini ta'kidlaş mumkin.
Bir tarafdan, sönggi 15 öyinda turinliklar «Milan» ustidan ğalaba qozona olmayotgani mehmonlarga umid uçqunlarini namoyiş etsa, boşqa tarafdan, milanliklar «Torino» maydonida 2012 yildan beri ğalaba qozona olmayotganliklarini ham eslatib ötiş mumkin. Mana şunday bir-biriga qarşi an'analar ham bu öyin juda qiziqarli ötişidan dalolat qilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi