“Bir makon, bir yöl” ikkinçi xalqaro forumi 27 aprel kuni "Yansi" xalqaro konferensiyalar markazida delegatsiya rahbarlarining davra suhbati tarzida davom etdi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

– Xalqaro va mintaqaviy özaro boğliklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib çiquvçi yölga ega bölmagan mamlakatimiz uçun dolzarb bölib kelgan va hozir ham şunday. Özbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil böladigan “Bir makon, bir yöl” taşabbusini avvalboşdanoq qöllab-quvvatlagan, – dedi Şavkat Mirziyoyev. 

Davlat rahbari forum davra suhbatining Qöşma bayonoti qabul qilinişini ma'qullab, bu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş, umumiy maqsadlarga erişiş, iqtisodiy ösişning yangi manbalarini kaşf etiş, natijada xalqlarimiz turmuş darajasi oşişiga xizmat qilişini ta'kidladi.

Prezident Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oşiriş, “yaşil iqtisodiyot” orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erişiş, turizmni rivojlantiriş, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etiş va boşqa dolzarb masalalar böyiça qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini röyobga çiqariş hamda Xitoy - Markaziy Osiyo - Ğarbiy Osiyo iqtisodiy yölagini şakllantiriş dolzarb ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi. Toşkent - Andijon - Öş - Irkiştom - Qoşğar avtomobil yölagi, Özbekiston - Qirğiziston - Xitoy va Mozori Şarif - Kobul - Peşovar temir yöllari loyihalari bu borada katta istiqbollar oçişi qayd etildi. Şuningdek, Sariq dengiz portlari - Markaziy Osiyo - Yevropa yönalişi böylab temir yölda yuk taşişga bir xil tarif örnatiş ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.

Prezident “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligiga erişiş uçun qişloq xöjaligiga zamonaviy texnologiyalar va ilğor yeçimlarni joriy etiş masalalariga e'tiborni qaratdi. 

Orol dengizi qurişi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etiş umumiy vazifa ekanini ta'kidlar ekan, Şavkat Mirziyoyev şeriklarni BMTning Orolböyi mintaqasi uçun Trast fondi hamda Orolböyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi faoliyatida iştirok etişga çaqirdi.