Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda uy olib berish va'dasi bilan pul olgan firibgarlar ushlandi - IIV
2019 yil 25 aprel kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Unga ko‘ra, 2018 yil oktabr oyida Sputnik dahasida yashovchi, korxona rahbari X.E. va Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi J.X.lar, Yashnobod tumanida yashovchi L.H. ismli ayolga MChJ tomonidan qurilayotgan yangi uylardan uch xonaligini olib berishliklarini aytishgan.
Xabarda aytilishicha, ular aldov yo‘li bilan ayoldan Sergeli dahasi hududida 12 000 AQSh dollarini olishgan va shu kunga qadar va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E. va J.X. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026