Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyga amaliy taşrifini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Şavkat Mirziyoyev 24-27 aprel kunlari “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Pekin şahrida böldi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.
Şuningdek, Belarus Respublikasi prezidenti, Tojikiston Respublikasi prezidenti, Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisi bilan uçraşuvlar ötkazildi.
Özbekiston prezidenti “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida nutq sözladi, mintaqaviy hamkorlik uçun dolzarb ahamiyatga ega qator taşabbuslarni ilgari surdi.











