Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida iştirok etiş uçun 24-27 aprel kunlari amaliy taşrif bilan Pekin şahrida böldi.

Davlat rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvida mamlakatlarimiz hamkorligining yangi istiqbollari belgilab olindi.

Şuningdek, Belarus Respublikasi prezidenti, Tojikiston Respublikasi prezidenti, Xalqaro valuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi, Butunxitoy xalq vakillari kengaşi Doimiy qömitasi raisi bilan uçraşuvlar ötkazildi. 

Prezident “Bir makon, bir yöl” xalqaro forumida iştirok etib, nutq sözladi, mintaqaviy hamkorlik uçun dolzarb ahamiyatga ega qator taşabbuslarni ilgari surdi.

Şavkat Mirziyoyev Xitoyga taşrifini yakunlab, Toşkentga jönab ketdi, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.