Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy örta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlari körsatiş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozişiça, qöşimça ta'lim berişga qaratilgan pullik ta'lim xizmatlari maktablarning öquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan taşqari) maşğulotlar böyiça maktab direktori va öquvçining ota-onasi (ularning örnini bosuvçi şaxslar) örtasida tasdiqlangan şaklda tuziladigan şartnoma asosida körsatiladi. Direktor va pedagoglar öquvçilarni pullik xizmatlarga majburiy tartibda jalb etişga haqli emas.
 
Har yili maktablarda pullik ta'lim xizmatlari körsatiş yillik rejasi tasdiqlanadi. Unda:

• ta'lim xizmatlar turi (qöşimça ta'lim beriş yönalişlari);
• maşğulotlarni ötiş vaqtlari;
• dars soatlari miqdori;
• har bir soat uçun tölanadigan narx miqdori. Bunda kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga tölovlar umumiy narx miqdorining 50%i miqdorida belgilanadi;
• bitta guruhda maşğulotlarda qatnaşuvçilarning soni - 35 nafar öquvçidan köp bölmagan miqdorda (individual tarzda maşğulotlar ötkazilişi mumkin);
• yönalişlar böyiça öqituvçi yoki mutaxassis F.I.O.;
• maşğulot ötiş joyi (sinflar) körsatiladi.
 
Yillik reja Xalq ta'limi vazirligining rasmiy veb-sayti yoki maktablarning rasmiy veb-saytlariga joylaştiriladi.
 
Ta'lim xizmatlari narxlari Kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Tölov har oyning 5-sanasigaça (100 foiz oldindan tölov) amalga oşiriladi. Tölov bank bölinmalari orqali maktabning tegişli Ğaznaçilik bölimlarida oçilgan şaxsiy ğaznaçilik hisobvaraqlariga naqd pul yoki pul ötkaziş yöli bilan amalga oşirilişi mumkin. Bevosita maktabda tölovni amalga oşiriş taqiqlanadi.
 
Kuzatuv kengaşi bir yilda kamida 2 marta öquvçilar va ularning ota-onalari örtasida körsatilayotgan pullik xizmatlar sifatini aniqlaş maqsadida sörovnoma ötkazib boradi.
 
Hujjat 23.04.2019 yildan kuçga kirdi.