Rossiyalik teleboşlovçi Vladimir Pozner sobiq SSSRning qaysi davlatlari demokratiyaga muhtojligi haqidagi savol yuzasidan öz fikrini bildirdi, deya yozadi Pozner Online. 

Vladimir Pozner sobiq ittifoq respublikalariga demokratiya kerak yoki kerak emasligi haqidagi savolga javob berdi. Demokratiyaga ötiş, uning sözlariga köra, xalq tarixiy rivojlaniş va tajriba natijasida bunga tayyor bölganida mumkindir.

«Hurmatli, Vladimir Vladimiroviç, sönggi «Pozner» körsatuvida Mixail Pogrebinskiy bilan suhbatlaşdingiz. Unda siz özbekistonlik ayol bilan muloqotda u «bizga demokratiya kerak emas», deb aytganini tilga oldingiz. Sobiq SSSR davlatlariga demokratiya kerakmi va bunga «tayyor» böliş mumkinmi?» - deya savol bilan murojaat qilgan öquvçi Bahrom Rajabov.

«Hurmatli, Bahrom Rajabov. Ayrim sobiq ittifoq respublikalariga demokratiya u yoki bu şaklda, qandaydir miqyosda kerak: Boltiqböyi mamlakatlari, Gruziya, Armaniston, Moldova, Ukraina, Rossiyaga. Boşqa mamlakatlarga - Ozarbayjon, Qozoğiston, Markaziy Osiyo davlatlariga - bugungi kunda bu aniq kerak emas», - deya javob berdi Pozner.

«Mening fikrimça, tarixiy rivojlaniş va tajriba natijasida u yoki bu xalq nimagadir «tayyor» böladi. Va u «tayyor» bölganida, bu narsa sodir böladi», - deya xulosa qilgan teleboşlovçi.