29 aprel 2019 yilda YUNISEF va Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent viloyati uçun eng zamonaviy sovutgiçlar bilan jihozlangan vaksinalar omborxonasini işga tuşirdi. Mazkur inşoot Özbekiston bolalari salomatligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Yangi vaksinalar omborxonasi bir yoşgaça bölgan 64 400 bolani emlaşga yetarli bölgan 31000 litr, ya'ni 440 kub metr hajmdagi vaksinalarni saqlaş imkonini beradi. Içida yuriş mumkin bölgan ikkita sovutgiç kameralarida vaksinalarni sifatli saqlaş uçun zarur bölgan Tselsiy böyiça 2-8 daraja iliq harorat doimiy ravişda uşlab turiladi. 5 yoşgaça bölgan bolalarning son oşganini inobatga olgan holda yangi omborxona hajmi avvalgisiga nisbatan ikki barobar oşirildi.

Şuningdek, YUNISEF taşkiloti tegişli xodimlarning malakasini oşiriş, vaksinalar omborxonasini boşqariş uçun zarur yöriqnomalarni taqdim etiş, vaksinalarni taşiş uçun sovutgiçli avtomobillarni va sumkalarni yetkazib berişda ham kömaklaşmoqda.

“Gap vaksinalarning xavfsizligi töğrisida ketar ekan, ularni yetkazib berişni va logistikani boşqariş juda muhim rol öynaydi. Mazkur sovuqlik omborining kelgusida uzluksiz işlaşi malakali xodimlar va hukumatning uşbu tizimni boşqariş va uning işlaşini ta'minlaş uçun zarur sarmoyalar kiritiş borasidagi majburiyatiga boğliq böladi”, - dedi YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Saşa Graumann.
YUNISEF butun Özbekiston böylab 21 ta sovuqlik omborlarini quriş va rekonstruksiya qilişda Soğliqni saqlaş vazirligiga kömak bermoqda. Mazkur inşootlar Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda eng yaxşi vaksinalar omborxonalari böladi.












