Keça Uzlovaya şahridagi «Pyateroçka» supermarketida erkak kişi kassirga hujum qilib, ayolga piçoq bilan 20ga yaqin jarohat yetkazdi va voqea joyidan yaşirindi.
«Tulskiye novosti» naşri xabariga köra, supermarket qöriqçilari erkakni töxtatişga harakat qilişmagan. Jabrlanuvçi olgan jarohatlari tufayli kasalxonada hayotdan köz yumdi.
«Politsiyaçilar qisqa vaqt içida gumonlanuvçining şaxsini aniqlaşdi. U mahalliy aholi vakillaridan biri bölib, 1984 yilda tuğilgan. Uzlovaya va qöşni tumanlardagi barça politsiya naryadlari uni qölga oliş uçun harakat qildi, ehtimoliy jinoyatçi qayerda ekanini aniqlaşga qaratilgan işlar olib borildi. Qabul qilingan çora-tadbirlar natijasida ikki uçastka inspektori qidirilayotgan şaxsga öxşaş kişini payqaşgan. Şundan keyin PPX xodimlari bilan birga ötkazilgan harakatlar çoğida u boğ uyuşmalaridan birida qölga olindi», - deya xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.
Naşr ma'lumotlariga köra, qotil qurbon bilan taniş edi - ular qöşnilar bölgan va erkakning xatti-harakatlari tufayli özaro mojarolar yuz bergan - u spirtli içimliklar iste'mol qilib, köpinça musiqani baland tovuşda tinglagan. Umida S.ning uç nafar farzandi bölgan. Ayol Andrey K.dan bir neça bor şovqinni pasaytiriş haqida söragan, ammo u bu iltimoslarga parvo ham qilmagan. Şundan söng, özbekistonlik ayol bu şaxsga politsiyaga ariza bilan murojaat qilişi haqida aytgan.












