Farğonada mahalla posboni vazifasida işlagan fuqaro özaro janjal oqibatida oğir tan jarohati yetkazgan şaxsning ölimiga sababçi böldi, deb yozmoqda ÖzA.

R.O. Furqat tumanidagi “Çek köprik” mahalla fuqarolar yiğinida jamoatçilik tuzilmasi rahbari vazifasida işlardi. U 2018 yil 27 oktabr kuni soat 22:00larda hamqişloği bilan spirtli içimlik içib, uyiga qaytayotganida mast bölgan qöşnisi K.S. bilan özaro gap talaşib, janjallaşadi. 

Janjal davomida K.S. mahalla posbonining yuz qismiga boş sohasi bilan bir marotaba urib, yengil tan jarohati yetkazgan. R.O. qöşnisini tinçlantiriş örniga muştlaşişni davom ettirib, qöl va oyoqlari bilan yuz qismiga va badanining turli sohalariga qasddan bir neça marotaba urib, hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazib, uning ölimiga sababçi bölgan. K.S.ning murdasi şu joydagi yöl çetidan oqib ötuvçi zovur içidan topilgan.

Olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida R.O.ning yaşaş xonadonidan bir juft oyoq kiyim va yonib ketgan kiyimlarning qoldiqlari xolislar iştirokida daliliy aşyo tariqasida olingan.

Jinoyat işlari böyiça Furqat tuman sudida R.O.ning jinoyat işi körib çiqilib, unga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “d” bandi bilan sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.