Bir neça kundan söng yurtimizga oylarning eng uluği va azizi – Mohi Ramazon kirib keladi. Bu qutluğ oy fazilatini qança gapirsak ham kam. Kun.uz tahririyati yurtimizda muborak oyga tayyorgarlik, qilişimiz kerak bölgan amallar, masjidlarimizda taroveh namoziga tayyorlanişlar haqida suhbatlaşiş uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nuriymon Abulhasan bilan suhbat taşkil qildi.

Nuriymon Abulhasan muborak oy fazilatlari, uşbu oyda qilişimiz kerak bölgan amallar, röza tutiş odoblari, iftorlikning asl mohiyati, taroveh namozlariga tayyorgarlik jarayoni va Ramazon oyining kirib keliş vaqti töğrisida sözladi.
«Avvalambor sözimning boşida şu fursatdan foydalanib Özbekiston musulmonlarini uşbu muborak oy bilan tabriklayman. Uşbu oy barçamizga fayzli va barokatli kelsin.
Hammamizga ma'lumki, bu oyda Qur'oni karim nozil bölgan va bu oy boşqa oylarning sultoni deb e'lon qilingan. Biz bu oyni mehr-muruvvat, bir-birimizga yaxşilik qiliş va hurmat-e'tiborda böliş bilan ötkazişimiz kerak. Bu oyni faqat ezgu-amallar bilan, ibodatlar bilan musobaqalaşadigan oy desak, xato bölmaydi.
Alloh taolo özining Qur'oni karimida aytadiki, mana şu oyda «fariştalar yerga nozil böladi va bu fariştalar musulmonlarni qilayotgan ezgu-amallariga guvohlikka ötadi. Bu amallar esa faqat Alloh taolo uçun qilinadi».
Boşqa ibodatlarning hammasini odam bolasi özi uçun, öziga manfaat keltirişi uçun qiladigan bölsa, Ramazon oyida tutiladigan röza faqatgina Alloh taolo uçun qilinadi. Ya'ni, bu ibodat Islom dinining 5ta arkonidan biri hisoblanadi. Ramazonda qilinadigan toat-ibodat, ming oydan afzal keça şu yerda yaşiringani uçun, boşqa oylarda qilinadigan ibodatdan ming karra ustun hisoblanadi.

Biz Ramazonga tayyorgarliksiz kiradigan bölsak, bu oyning mohiyatini tuşunmay qolişimiz mumkin. Sportçilar musobaqalarga yillab tayyorgarlik körişadi. Qay darajada tayyorgarlik qilgani uning ğolib yoki mağlub bölişiga sababçi böladi. Biz esa Ramazonda ğolib bölib çiqişimiz uçun hozirdan tayyorgarlik qilişimiz kerak. Yana bir oy içida bir-birimizga faqat yaxşi gapirib, ğiybatdan, fisq-u fasod, fujur va şunga öxşaş boşqa illatlardan saqlanib, bir-birimizga çiroyli gaplar bilan murojaat qilişimiz, aynan ana şu odatlarni keyingi oylarga ham ibrat tarzida olib ötişimiz lozim.












