Ispaniya terma jamoasi va «Real» safida köp yillar mobaynida töp surgan, keyingi yillarda «Portu» darvozasini qöriqlab kelayotgan Iker Kasilyas bugun, 1 may kuni yurak xuruji tufayli şifoxonaga yotqizildi.
Ertalabki maşğulotlar vaqtida 37 yoşli posbonda miokard infarkti kuzatilgan. Hozirda uning holati barqaror deb baholanmoqda, hayoti uçun xavf mavjud emas. Endilikda u mavsumning qolgan qismini ötkazib yuboradi.
Şuningdek, uning uçun futbolçilik faoliyati yakunlangan bölişi ham mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lumot uçun, Iker 2015 yildan buyon «Portu» darvozasini qöriqlamoqda. Bunga qadar uzoq yillar «Real»da öynab, uç marotaba YeÇLda ğolib çiqqan; 2010 yili Ispaniya milliy jamoasi safida jahon çempioni bölgan.
Kasilyas bu mavsum Portugaliya çempionatining 31ta öyinida qatnaşib, 19ta gol ötkazdi, YeÇLda esa 10ta uçraşuvda maydonga tuşib, çorak finalgaça bölgan öyinlarda 15 marta öz darvozasidan töp olib çiqdi.
20 mayda 38 yoşga töladigan Kasilyas mart oyida «Portu» bilan şartnomasini keyingi mavsum oxirigaça muddatga uzaytirgan edi.












