«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Çempionlar Ligasi yarimfinalidan örin olgan «Liverpul»ga (3:0) qarşi dastlabki öyinda jarima zarbasidan darvozani işğol qildi.
Opta xabariga köra, bu argentinalik töpurarning mavsum davomida jarima zarbasidan urgan sakkizinçi golidir (56ta zarbadan).
Taqqoslaydigan bölsak, «Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 24 marta jarima zarbasini amalga oşirib, birorta gol urolmagan.
Bu mavsumda Messi «Barselona» tarkibida barça musobaqalarda 46ta öyinda maydonga tuşib, 48ta gol urgan va 22ta golga hammualliflik qilgan.

















