Bugun, 3 may kuni Toşkent şahridagi «Turkiston» saroyida jurnalistika sohasida eng yuksak mukofot – «Oltin qalam» XIV Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlov ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. ÖzA barça mukofotlanganlarning umumiy röyxatini keltirdi.
Asosiy mukofotlar:
Jurnalistika sohasida Boş milliy mukofot demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, fuqarolik jamiyatini şakllantiriş yölida respublikamizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakat va jamiyat hayotidagi dolzarb voqealar muhokamalariga bağişlangan sessiyasi uçun Xalqaro Press-klub (rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev) hamda Özbekiston Respublikasining içki va taşqi siyosati, jahon hamjamiyatida tutgan örni, mamlakatda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili maqsad-vazifalari ijrosi doirasida olib borilayotgan keng qamrovli sa'y-harakatlarni tezkor va tahliliy yoritib kelayotgani uçun «Özbekiston-24» teleradiokanali jamoasiga (direktor Madamin Safarov) nasib etdi.


Mukofotlarni öz egalariga Boş vazir örinbosari A.Abduhakimov topşirdi.
Eng yaxşi jurnalistik material uçun milliy mukofot (televideniye):
Televideniye yönalişida jurnalistik material uçun 1-öringa «Mening yurtim» telekanalining «Markaziy studiya» axborot-tahliliy körsatuvi (muallif va boşlovçilar: S.Bahodirov, A.Pölatov) sazovor böldi. Mazkur teledastur mamlakatda inson huquq va manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimini takomillaştiriş, xalqimizning davlat hokimiyatiga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş borasidagi işlarni tezkor va tahliliy yoritgani uçun mukofotga munosib körildi.

Uşbu yönalişda 2-örinni xalqimizning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, siyosiy faolligini oşiriş, fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirişga yönaltirilgan körsatuvlari uçun «Özbekiston» telekanalining «Munosabat» körsatuvi (mualliflar: Quddus A'zamov, Nurali Oripov) egalladi.














