“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida suv çarxpalaklaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, Buxoro viloyati Peşku tumanida fermerlar va aholiga dehqonçilik qiliş uçun kanallar va zovurlardan suv kötariş maqsadida soatiga 770 kilovatt elektr energiyasini talab etadigan 3 ta nasos stansiyalari örnatilgan. 

“Tumanda 60 dan ortiq turli quvvatdagi nasoslar fermerlarga xizmat qilmoqda. Demak, birgina bizning tumanimizda bir soatiga 4000 kilovatt elektr energiyasini sarflovçi nasoslar örnatilgan. Fermer xöjaliklariga suvni yetkazib berayotgan nasoslarning xarajatlari davlat budjetidan qoplanadi. Bu esa sezilarli yirik summadagi mablağni taşkil etadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Mazkur elektr nasos stansiyalariga sarflanayotgan energiyani tejaş maqsadida qayta tiklanuvçi energiya manbai bölgan suv çarxpalaklaridan foydalaniş taklif qilingan. 

Bildirilişiça, buning uçun qöşimça tarzda suv çarxpalaklari kanal va zovurlarga örnatilsa, elektr energiyasida uzilişlar röy berganda paxta va ğalla, qolaversa, boşqa ekinlar hosiliga yetişi mumkin bölgan zararning oldi olinib, yuqori hosildorlik ta'minlanadi. 

“Buning uçun respublikamizning ilğor suvçilari, olimlari, konstruktor-mexaniklarini jalb qilgan holda suv hajmi va tezligini hisobga olib, mukammal loyihalaştirilgan, puxta işlangan, zamonaviy, işlatişga qulay, suv çiqariş hajmi dehqon-fermerlarni qoniqtiradigan çarxpalaklarni davlat budjeti hisobidan örnatsak, maqsadga muvofiq bölar edi”, - deyiladi petitsiyada. 

Eslatilişiça, bunday çarxpalaklar 30-50 yil oldin Farğona viloyatining Oltiariq tumanida ham qurilgan bölib, aholiga hali-hamon xizmat qilmoqda. 

Mazkur taklif örganilib, körib çiqilsa, qişloq xöjaligini suv bilan ta'minlaş va elektr energiyasidan samarali foydalanişda yangi imkoniyatlar yaratilgan bölar edi, deya yakunlanadi murojaat.