Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo mamlakat prezidenti Nikolas Maduroni ağdarişga uriniş venesuelalik harbiylar tomonidan yetarliça qöllab-quvvatlanmagani sababli muvaffaqiyatsizlikka uçraganini tan oldi. U bu haqda The Washington Post naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Guaydoning aytişiça, u harbiylar muxolifat tomoniga ommaviy ravişda öta boşlaşlariga umid qilib, Maduro vakolatlarini topşirişini möljallagan. Biroq bu yuz bermagan va şu sababli siyosatçi özi va tarafdorlari xatoga yöl qöyişganini tan olgan.
“Ehtimol buning sababi bizga kömak, konstitutsiyani himoya qiliş uçun köproq askarlar lozimligida bölsa kerak”, deb aytgan Guaydo.
Siyosatçi AQŞning Venesuelaga harbiy intervensiya boşlaş haqidagi taklifini körib çiqişga tayyorligini aytgan.
U AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça yordamçisi Jon Bolton unga qönğiroq qilib, Vaşingtonning harbiy aralaşuvini taklif qilganda nima deb javob berişi haqidagi savolga “Rahmat, uşbu variant uçun. Biz bu taklifni baholab, uşbu inqirozni hal qiliş uçun uni parlamentda körib çiqamiz. Agar bunga zarurat bölsa, ehtimol uni ma'qullaymiz” deb aytişini ma'lum qilgan.














