Saudiya Arabistonidagi maxsus yangi hilolni kuzatuvçilarga şanba kuni yangi hilol köriniş bermaganligi sababli hijriy-qamariy 1440 yilning Şa'bon oyi 30-kuni melodiy 2019 yilning 5 may kuniga töğri kelişi belgilanib, millionlab musulmonlar muqaddas oy rözasini duşanba — 6 may kunidan boşlab tutişlari aniq böldi. Bu haqda Arab news xabar bermoqda.
Saudi Press Agency’ga köra, Saudiya Arabistoni oliy qoziyati 2 maydayoq barça musulmonlarni Ramazon oyining boşlanişidan darak beruvçi yangi hilolni körişga çorlagan edi.
Şuningdek, arab davlatlarining aksariyatida yangi hilol körinişi bilan belgilanadigan muqaddas Ramazon oyining birinçi kuni 6 maydan boşlanadi.
Al-Jazeera telekanali xabar berişiça, Qatar, Indoneziya, Livan, Suriya, Misr, Marokaş, Birlaşgan Arab Amirliklari, Bahrayn va boşqa köplab musulmon davlatlari ham joylarda yangi oyning körinişiga qarab, muqaddas Ramazon oyi rözasini duşanba kunidan boşlab tuta boşlaşadi.

Ma'lumotlarga köra, Rossiya Federatsiyasida ham Ramazon oyining boşlanişi 6 may deb belgilangan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston musulmonlari idorasining Ramazon oyining boşlanişi 6 may kuniga töğri kelişi haqidagi axborotiga köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida»gi qarori imzolangan.
Taroveh namozlari 5 may kuni keçqurundan öqila boşlanadi. Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy sayti xabariga köra, bu yil respublikamiz böyiça 1220 masjidda tarovih namozlarida xatmi Qur'on qilinadi. Ularda jami 2038 nafar qorilar iştirok etadi.












