Moskvadan Murmanskka parvoz qilayotgan SSJ-100 yölovçi samolyoti Şeremetevo aeroportiga qaytişiga töğri kelgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, "Aeroflot"ga qaraşli samolyot havoga kötarilgandan birozdan keyin qönişga ruxsat söragan. Bunga samolyot qanotining yonayotgani sabab bölgan.

Samolyot aeroportdan Moskva vaqti bilan 18.00da uçgan, söngra Moskva viloyati ustida bir neça marta aylanib, keyin keskin pasaya boşlagan. Samolyot 18.40da qönişni amalga oşirgan.  

Samolyotning yonişiga unga çaqmoq urişi sabab bölgan bölişi mumkin. Yonğin qöngan samolyotni qamrab olgan va odamlar uni şoşgança tark eta boşlaşgan.

Favqulodda xizmatlarda ma'lum qilinişiça, voqea oqibatida 13 kişi halok bölgan, 6 kişi jarohat olgan. Yölovçilarning bir qismi taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Voqea joyiga kamida 10 ta tez tibbiy yordam maşinasi yönaltirilgan. 

Ma'lumotlarga köra, samolyotda 73 yölovçi va 5 kişidan iborat ekipaj bölgan. Ayni vaqtda yonğin öçirilgan.