«Kun hadisi» dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni «Iymon va Ixlos» deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni «Mirzo Yusuf» jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy şarhlab berdi.

Video: Youtube

Video: mover.uz (Tas-IX)

Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik. Birdan oldimizda oppoq kiyimli, soçlari qop-qora odam paydo böldi. Unda safarning asari körinmas edi. Uni birortamiz tanimas ham edik. U kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning töğrilariga ötirdi. Ikki tizzasini u zotning ikki tizzalariga tiradi. Ikki kaftini sonlari ustiga qöydi va: «Ey Muhammad, menga Islom haqida xabar ber», dedi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom: «Laa ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh» deb şahodat keltirmoğing, namozini tökis ado qilmoğing, zakot bermoğing, Ramazon rözasini tutmoğing, agar yölga qodir bölsang, Baytni haj qilmoğing», dedilar.

«Töğri aytding», dedi u. Biz undan ajablandik. Özi söraydi, özi tasdiqlaydi. «Menga iymon haqida xabar ber», dedi.

U zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, Uning fariştalariga, kitoblariga, payğambarlariga va oxirat kuniga iymon keltirmoğing, yaxşiyu yomon qadarga iymon keltirmoğing», dedilar.

«Töğri aytding», deb tasdiqladi va: «Menga ehson haqida xabar ber», dedi.

U zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohga xuddi Uni körib turganingdek, agar sen Uni körmasang, U seni körib turgandek ibodat qilmoğing», dedilar.

«Menga (qiyomat) soatidan xabar ber», dedi.

U zot sollallohu alayhi vasallam: «Söraluvçi bu haqda sörovçidan bilimliroq emas», dedilar.

«Uning alomatlaridan xabar ber», dedi.