Katta davlat kompaniyalariga xorijiy top-menejyerlarni yollash majburiyati yuklanishi mumkin. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida aytiladi.
Xususan, gap «O‘zbekneftgaz», «O‘zkimyosanoat», «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari», «Hududiy elektr tarmoqlari», «O‘zavtosanoat», «Uzbekistan Airways», «Asaka» banki, «Kafolat», «O‘zagrosug‘urta» va «Qizilqumsement» shirkatlari haqida bormoqda.
Agar loyiha qabul qilinsa, unda uch oy mobaynida ushbu kompaniyalar Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlik bilan birgalikda tanlov asosida boshqaruv tarkibiga kamida bir nafar malakali xorijiy mutaxassisni jalb qilishlari shart.
2022 yilgacha davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv organlariga kamida 50 nafar xorijiy menejyerni jalb qilish rejalashtirilgan.











