Bu yilgi avgust oyida örtaça oylik harorat köp yillik örtaça qiymatlarga yaqin bölişi kutilmoqda.
Özgidrometga köra, oy quruq va biroz issiq ob-havo bilan boşlanadi. 1–2 avgust kunlari havo harorati +38…+41 darajaga, janubda va çöl hududlarda +42…+43 darajaga yetadi.
Keyinçalik harorat foni 3–5 darajaga pasayadi va havo harorati asosan +33…+38 daraja atrofida, ba’zi joylarda +40 darajagaça bölişi kutilmoqda.
Oy oxiriga borib Özbekiston hududiga salqin havo kirib kelişi va harorat asta-sekin +25…+30 darajagaça pasayişi mumkin.
Avgustning birinçi yarmida harorat keçalari +24…+27 daraja, ikkinçi yarmida +17…+22 daraja, oy oxiriga borib +12…+15 darajagaça pasayadi.
Oylik yoğingarçilik miqdori me’yordan köp, ba’zi joylarda me’yor atrofida bölişi taxmin qilinmoqda. Ammo avgust oyida oylik yoğingarçilik me’yori juda kamligini unutmaslik kerak, deydi sinoptiklar.
Oyning ikkinçi yarmida ayrim kunlarda, asosan, jadalligi biroz bölgan qisqa muddatli yomğirlar yoğişi mumkin.
Ötgan avgust oylari qanday bölgan?
Odatda, avgust oyida harorat foni asta-sekin pasaya boşlaydi. Özbekiston hududi böyiça avgust oyining örtaça oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5−2,5 darajaga past böladi.
Yilning köp oylari singari, avgust oyi ham nisbatan iqlim özgarişi ta’siri ostida böladi. 1991−2020 yillar va 1961−1990 yillar uçun avgust oyidagi örtaça oylik harorat farqi 1,2−1,5 darajani taşkil etgan.
Respublika hududining katta qismida örtaça maksimal harorat +35…+37 darajani, janubda va çöl hududlarda +38…+40 darajani taşkil etadi. Issiq ob-havoning eng yuqori çöqqisida deyarli har yili +38…+39 darajaga, janubda va çöl hududlarda esa ba’zi joylarda +41…+43 darajaga yetadi.
Kuzatuvlarning barça yillari uçun avgust oylarining maksimal havo harorati mutlaq rekordi +41…+43 darajani, şimolda, janubda va çöl hududlarda +44…+47 darajani taşkil etadi.
Sönggi yillarda avgust oyining harorat tartibiga global isiş sezilarli darajada ta’sir körsatmoqda. Yillararo kuçli özgaruvçanlik fonida havoning örtaça oylik harorati kötariliş tendensiyasi kuzatilmoqda.













