“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islom şartlari” deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni “Mirzo Yusuf” jome masjidi imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy şarhlab berdi.
Video: youtube
Uşbu hadisni Abdulloh ibn Umardan (r.a) Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyat qilgan.
Ikkinçi xalifa Umar (r.a)ning öğillari Abdulloh ibn Umar Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning gaplarini eşitdim deydilar. Islom beşta narsaning ustiga asos bölgan. Bu yerda öşa beşta narsa, Islomning ustunlari ekanligi haqida gap ketmoqda. Islom faqat şu beşta narsadangina iborat degani emas bu.
Bulardan biri, avvalambor, “La ilaha ilollohu, Muhammadur rasululloh”, demoq, ya'ni iymon keltirmoq. Iymon degani esa tasdiqlaş degani.
Ikkinçisi namozni qoim qiliş. Bu yerda “qoim qiliş” jumlasi işlatilyapti. Odatda “namozni öqiş”, “namozni ado qiliş” deganda boşqa sözlar işlatilsa bölardi. Ammo hadisi şarif ham oddiy insoniy söz emasligi, balki vahiyning mahsuli ekanligini şu yerdan bilib olsak böladi. Qoim degani, har bir ruknini joyiga qöyib bajariş deganidir. Namoz ana şunday bajariladigan ibodatdir.
Uçinçisi esa zakotni ado qilmoq. Puldor bölgan kişilar yilida bir marta zakotning haqdorlariga mollaridan zakot çiqaradilar. Bu moli nisobga yetgan boylarga farz qilingan amal hisoblanadi.
Törtinçisi, yölga qodir bölgan odamlarning haj qilişlari.
Sönggisi esa Ramazon oyining rözasini tutişi. Rözaning hajdan keyin kelişi, bu islomiy tartib emas, bu hadisda şunday tartib kelgan.
Mana şu beşta amallar Islom dinining asoslari ekan. Albatta bularsiz bölmaydi. Bu ibodatlarni bajargan insonlarning özlari ulardan kelayotgan manfaatni köradi.












