Texnologiya quliga aylanib qolmaslik va hayotga taşnalik hissini qaytarişning tört usuli
Çeksizlik hovuzlari haqida eşitganmisiz? Agar javobingiz «yöq» bölsa ham buni har kuni his qilişingizga töğri keladi. Bu atamani «Vaqt toping. Asosiy narsalarga diqqatni qaratiş» kitobi mualliflari Jyeyk Knapp va Jon Zeratski öylab topişgan. Ular barça telefon ilovalarini Çeksizlik hovuzlari deb ataşgan. Agar bu matohning «Yangilaş» tugmasi bölsa, u Çeksizlik hovuzidir. U vaqtingiz bilan oziqlanadi. Kitob mualliflari bir neça yil muqaddam ularni oziqlantirişni töxtatdilar va smartfonlaridan köplab ilovalarni öçirib taşlaşdi. Kitobda keltirilgan ayrim fikrlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Poçta ilovasini öçiring
Elektron poçta – çalğituvçi Çeksizlik hovuzi va band kişilar harakatining qaynoq yuragi. Telefon ekranida xabarga javob yoziş muşkul bölgani uçun bu xizmat bizni asabiylaştiradi ham. Voqealar ortidan quvib, poçtani tekşirişga tuşamiz, biroq natijada özimizga ortda qolayotganimizni yana bir bor esalatamiz. Telefoningizdan poçta xizmatini öçirib, zöriqişning katta uluşidan xalos bölasiz.

Birinçi ekranni tozalang
Telefoningiz tezkor işga sozlangan. U yuzingiz va barmoq izlarini darhol skaner qiladi – mana kirib böldingiz. Axir köpçilik sevimli ilovalari belgilarini telefonning ilk ekranida saqlaşadi. Ilovalarga kirişni murakkablaştiriş uçun ilk ekranni böşating. Barça belgilarni ikkinçi (agar ikkinçida bölsa, uçinçi va h.k.) ekranga köçiring. Birinçi ekranda çiroyli fon suratidan taşqari heç narsa qoldirmang.

Qöl soatidan foydalaning
Bugun qöl soatini arzon narxga sotib olişingiz mumkin. Ular doim aniq vaqtni körsatadi. Ular yengil va suv ötkazmas. U kunduzgi uyqudan keyin sizni öz vaqtida uyğotişi va gaz peçidan taomni oliş vaqti bölganini eslatişi mumkin.












