Payşanba oqşomida Yevropa Ligasining yarimfinal javob uçraşuvlari ötkaziladi.

Yevropa Ligasi. 1/2 final. Javob öyinlari
«Valensiya» – «Arsenal»
9 may. Valensiya. «Mestalya». 00.00.
Hakam: Makkeli (Niderlandiya).
Birinçi öyin – 1:3. 

«Çelsi» – «Ayntraxt» F
9 may. London. «Stemford Brij». 00.00.
Hakam: Xatsegan (Ruminiya).
Birinçi öyin – 1:1.

Inglizlar masalasi
Aftidan, Angliya çempionatining oxirgidan oldingi turi natijalari barçani qanoatlantiradi. «Çelsi» Çempionlar yöllanmasiga qaytadigan böldi, endi heç kim italiyalik mutaxassisning Tumanli Albiondagi ilk mavsumini muvaffaqiyatsiz deb atay olmaydi. Agar köklar Yevropa Ligasida ham ğalaba qozonişsa, mavsumni muvaffaqiyatli deb ataş ham mumkin. Barçasi londonliklarning öz qölida.

Unai Emeri haqida esa hozirça bunday deb bölmaydi. Bask mutaxassisning premer-ligadagi finişi halokatga aylandi - «Arsenal» oxirgi turlarda kerakli oçkolarni qölga kiritib, kuçli törtlikda mustahkam örin egallaşi kutilgandi, ammo jamoa sönggi 4 uçraşuvdan 3tasida mağlub bölib, bittasida durang öynadi. Yakşanba kuni «Brayton»ni öz uyida yenga olmagan «kanonirlar» amalda APL orqali YeÇLga töğridan-töğri yöllanma oliş imkoniyatini yöqqa çiqardi.

Optimistlar baribir bu vaziyatdan plyus topa olişlari mumkin, axir Emeri va Yevropa Ligasi ğolibligi bir-biriga sinonim-ku? Unai bu turnirda özini suvdagi baliqdek erkin his qiladi, u bu turnirda «Sevilya» bilan uç mavsum iştirok etib, barça mavsumlarda ğalaba qozongandi. Agar u bu işni «Arsenal» bilan ham uddalay olsa, «Emeri ligasi» atamasi haqidagi gaplar yangi tölqin bilan urfga kiradi.

«Valensiya» öziga işonmoqda. «Ayntraxt»ning yöli tugadimi?
Statistikaga qaraydigan bölsak, yarimfinaldagi törtlikdan finalga çiqiş uçun eng yuqori imkoniyat «Arsenal»da - 77 foiz. Agar ötgan haftada Londonda «Valensiya»ga qarşi keçgan öyinning oxirgi daqiqalarida Obameyang jamoasining uçinçi golini urmaganida imkoniyatlar ança pastroq bölgan bölardi. «90-daqiqada imkoniyatlarimiz yaxşi edi. 90+1-daqiqada esa yomonlaşdi», dedi öyindan keyin «körşapalaklar» jamoasi ustozi Marselino. Şu bilan birgalikda u 2ta töp farqini yöqqa çiqariş mumkinligini qöşimça qildi.