Qirğiziston Respublikasi hukumati arbitraj sudda pansionatlar masalasi böyiça Özbekiston tomoniga yutqazgani töğrisida tarqalgan ma'lumotlar haqiqatdan yiroqdir. Bu haqda Qirğiziston hukumati apparatining axborot ta'minoti bölimi xabar qildi.

«Qator axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlarda Qirğiziston hukumati xalqaro arbitraj sudda özbek tomoniga Issiqköl viloyatidagi pansionatlar masalasi böyiça mağlub bölgani haqida tarqalgan ma'lumotlar yuzasidan quyidagilarni xabar qilamiz.

Bugungi kunda uşbu işni Xalqaro arbitraj sudida körib çiqiş davom etmoqda.

Şuni ta'kidlaş kerakki, bu kabi da'vo arizalarni körib çiqişda dastlab da'voning özi emas, bu da'voni Halqaro arbitraj körib çiqiş vakolatiga ega yoki ega emasligi muhokama qilinadi. Şundan söng masalani körib çiqiş jarayoni boşlanadi.

Joriy yilning may oyi boşida birinçi bosqiç yakuniga yetdi, unda xalqaro arbitraj bu masalani körib çiqişga vakolatli ekani töğrisida qaror qabul qilindi. Şu munosabat bilan Qirğiziston hukumatining xalqaro arbitraj sudda bu masala böyiça yutqazgani haqidagi ma'lumot haqiqatdan yiroqdir.

Bugungi kunda hukumat tomonidan keng kölamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda va dalillar bazasini yaratiş hamda da'vogarning dalillarini örganiş böyiça işlar davom etmoqda», - deya xabar berilgan uşbu davlat hukumati apparatidan.

2016 yil 4 aprelida Qirğizistonning öşa paytdagi boş vaziri Temir Sariyev Issiqköldagi Özbekistonga qaraşli «Dilorom», «Rohat», «Oltin qum» va «Böston» pansionatlarini Qirğiziston ixtiyoriga ötkaziş töğrisida qaror imzolagan edi.

2017 yilning dekabrida Qirğiziston parlamenti pansionatlarni Özbekistonga qaytariş böyiça Toşkent bilan imzolangan şartnomani ratifikatsiya qildi. Öşa paytdagi boş vazir Sapar Isaqov tört pansionatni Özbekistonga qaytariş töğrisidagi qarorni imzoladi.