Sönggi kunlarning eng ilğor mavzulari ikkita: Til böyiça taşabbus va «Ölmas polk». Bir qaraşda har ikkisi böyiça ham muhokamaga örin yöqdek, hammasiga nuqta qöyilgandek. Lekin nega bu ikki tadbir-taşabbus bu qadar oğizga tuşdi?
Bu tobora urçiyotgan bir illat tufayli tuğilyapti, nazarimda.
Biz aniq va boşqaça talqin qilib bölmaydigan tarzda sözlaşni, bayonot berişni unutdik. Nozik mavzularda kesib-kesib, uzil-kesil nuqta qöyib gapiriş örniga mavhum sözlar, mujmal va'dalar va talqini tovlanuvçi lafzlar berişga örganib qoldik.
E'tibor bering, rus tiliga rasmiy maqom beriş böyiça «bir guruh ziyoli»larning taşabbusi ilgari surildi. Dastlabki kunlari kiçik-kiçik noroziliklar, ijtimoiy tarmoqlar doirasidagi qarşi xitoblargina yangradi. Öşanda rasmiy sukunat hukmron edi, taşabbuskorlar ham jim edi. Bir neça kundan keyin rasmiy idoralar, maşhur şaxslar ham birin-ketin öz pozitsiyalarini bildira boşlaşdi, bu taşabbusning tagi puçligini bayon qilişdi.
Öşanda eng qiziği sodir böldi: taşabbuskorlar röyxatida keltirilganlar birin-ketin bunday fikr bildirmaganliklarini bildiriş böyiça «estafeta»ga kirişdilar. Hammalari. Bir ovozdan! Birortasi bölmadiki, men fikrimda sobitman, öşanda ham şunday degandim, hozir ham özgarmadim, deydigan.
Göyoki rus tilining ahamiyati haqida söralgan ekanu, taşabbuskorlar bu tilning imkoniyatlari kattaligi, örganiş zarar qilmasligi haqida fikr bildirgan ekanlar. Qandaydir «qora kuçlar» boşqaça talqin qilib, rus tiliga rasmiy maqom söralgan taşabbus ostiga bularning ism-şarifini tirkab qöyibdi.
Lekin özini oqlaş ham juda ajoyib: «men uni nazarda tutmagandim» qabilida. Rus tiliga rasmiy maqom berilişiga qarşiman, degan dangal gap yöq. Aminmanki, şu taşabbusni köpçilik qöllaganida va bu iş amalga oşganida öşa taşabbuskorlar yutuqni köz-köz qilib ot solardilar.

Ikkinçi misol – «Ölmas polk». Aynan mana şu mavzu dastlab bu yil hisobidan 3 aprel kuni Toşkent şahar hokimining Mirzo Uluğbek tumanida ötkazgan sayyor qabulida kötarildi. Bir guruh faollar hokimdan 9 may bayrami munosabati bilan «Birodarlik qabristoni»dan «Mustaqillik maydoni»gaça bölgan yölda yuriş uyuştirişni söraşdi. Qiziği, tadbirning rasmiy nomi işlatilmadi, tilga olinmadi.











